Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   310
Vazifadosh yuklamalar 
№ 
Ma‟no turi 
Yuklamalar 

Kuchaytiruv-ta‘kid 
yuklamalari 
ham, -u (-yu), -da 

Ayiruv-chegaralov 
yuklamalari 
-gina (-kina, -qina), yolgʻiz, bir 

Oʻxshatish-qiyoslash 
goʻyo(ki), xuddi, naq, bamisoli, bamisli 


190 
yuklamalari 

Inkor yuklamasi 
na … na 
Ma‘lum boʻlyaptiki, ham, -u (-yu), -da kabi yordamchilar ham vazifadosh 
bogʻlovchi, ham vazifadosh yuklama hisoblanadi. Bunday boʻlishiga sabab esa 
yuklamalarning vazifadoshligi koʻmakchi va bogʻlovchilarning vazifadoshligidan 
biroz farqlanishidir. 
Koʻmakchi va bogʻlovchilarda aslida boshqa turkumga mansub soʻzlar 
koʻmakchi va bogʻlovchi vazifasini bajarsa, ya‘ni boshqa turkum soʻzlar koʻmakchi 
va bogʻlovchiga oʻtsa, vazifadosh hisoblanadi. Masalan: qarab soʻzi fe‘l turkumiga 
mansub boʻlib, ba‘zan oʻz lugʻaviy ma‘nosini yoʻqotadi va soʻzlarni bir-biriga 
tobelantirib bogʻlab, koʻmakchi vazifasini bajarib keladi, ya‘ni fe‘ldan koʻmakchiga 
oʻtadi. Bunda u vazifadosh koʻmakchi sanaladi. Masalan: U opasiga qarab gapirdi. 
(oʻz ma‘nosida; fe‘l) / U maktabga qarab ketdi. (oʻz ma‘nosida emas, yoʻnalish 
ma‘nosida; vazifadosh koʻmakchi)
Yoki bilan soʻzi aslida koʻmakchi boʻlib, ba‘zan va bogʻlovchisi bilan erkin 
almashganda vazifadosh bogʻlovchi sanaladi, ya‘ni bunda bilan koʻmakchidan 
(boshqa turkumdan) bogʻlovchiga oʻtadi. Masalan: She‟rni zavq bilan oʻqidi. 
(koʻmakchi) / Sodiq bilan (va) Alisher – mening doʻstlarim. (bogʻlovchi) 
Vazifadosh yuklamalarni aniqlayotganda esa koʻmakchi va bogʻlovchidan 
farqli ravishda bir emas, ikki holat inobatga olinadi: 
1) Xuddi vazifadosh koʻmakchi va bogʻlovchilarda boʻlgani kabi boshqa 
turkumga mansub soʻzlar yuklama vazifasini bajarsa, vazifadosh yuklama 
hisoblanadi. Masalan: yolgʻiz soʻzi sifat boʻlib, ba‘zan faqat soʻzi bilan almashganda 
vazifadosh yuklama boʻlib keladi: Yolgʻiz sen darsda qatnashmading. / Faqat sen 
darsda qatnashmading
2) Yuklamaning oʻzi boshqa turkum vazifasini bajarsa ham, vazifadosh 
yuklama hisoblanadi. Masalan: -u (-yu), -da, na … na yordamchilari aslida yuklama 
boʻlib, ba‘zan bogʻlovchi vazifasini ham bajarib keladi, shu sababli vazifadosh 
yuklama sanaladi. 
Demak, boshqa turkumdan yuklamaga oʻtgan soʻzlar ham, yuklamaning 
oʻzidan boshqa turkumga oʻtgan birliklar ham vazifadosh yuklama sanaladi. 
Koʻmakchi va bogʻlovchida esa faqat boshqa turkumdan koʻmakchi va bogʻlovchiga 
oʻtgan birliklar vazifadosh deb qaraladi. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling