Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   310
№ 
Soʻz 
Mustaqil soʻz 
Modal soʻz 

Chamasi 
Gulchehraning chamasi to‗g‗ri 
chiqdi. 
Chamasi, hammasining og‗zi 
tekkan ekan o‗sha go‗shtga. 

Ehtimol 
Bo‗ron bo‗lishi ehtimol, qizim. 
Ehtimol, bu onasidan yagona 
esdalik. 

Shubhasiz 
Bizning 
g‗olib 
chiqishimiz 
shubhasiz
Shubhasiz
biz 
g‗olib 
chiqamiz 

Toʻgʻri 
Toʻgʻri 
gap 
tuqqaningga 
yoqmaydi. 
Toʻgʻri, siz haq ekansiz. 

Taxminan 

voqea 
boʻlgan 
joyni 
taxminan koʻrsatdi. 
Amakimning 
farzandi 
bo‗lmagani uchun otam meni 
amakimga o‗g‗il qilib bergan. 
Bu, 
taxminan
3-4 
yoshlarimda bo‗lsa kerak. 
Balki soʻzi ham vazifadosh modal soʻz sanaladi, chunki u bogʻlovchi vazifasini 
ham bajaradi. 
balki soʻzining vazifalari 
Vazifasi 
Izoh 
Misollar 
Zidlov 
bogʻlovchisi 
Agar balki soʻzi zidlik ma‘nosini 
bildirsa, 
vazifadosh 
zidlov 
bogʻlovchisi 
hisoblanadi. 
Balki 
bogʻlovchi boʻlganda doimo undan 
oldin vergul qoʻyiladi. 
1) 
Bo‗rondan 
so‗ng 
Olimjon 
brigadasidagi 
ishlar ozaymadi, balki yana 
ko‗paydi. 
2) Xalqni qo‗rqitgan emas, 
balki xalq dardiga sherik 
bo‗lgan odam marddir. 
Modal soʻz 
Agar balki soʻzi gumon, taxmin 
ma‘nosini bildirsa va uni ehtimol, 
chamasi, aftidan kabi soʻzlar bilan 
almashtirish mumkin boʻlsa, modal 
soʻz hisoblanadi. Balki modal soʻz 
boʻlganda ikki tomonidan yoki 
undan keyin vergul qoʻyiladi. 
Balki, ertalab o‗ziga isitib 
berish 
uchun 
shunaqa 
deyayotgandir. 
Ehtimol, 
ertalab o‗ziga 
isitib berish uchun shunaqa 
deyayotgandir. 
 
TASDIQ VA INKOR SO„ZLAR 
 
 
Ha, xo„p, mayli singari so‗zlar tasdiq so‗zlar; yo„q, mutlaqo singari so‗zlar 
inkor so‗zlar sanaladi. Bunday so‗zlar dialogik nutqda -mi so‗roq yuklamasi orqali 
ifodalangan so‗roq gaplarning javobi bo‗lib keladi. 
 
2-misol. Tasdiq va inkor soʻzlar ajratib koʻrsatilgan. 
– Siz shu maktabda o‗qiysizmi? 


198 
– Ha
– Sakkizinchi sinfdami? 
– Yo„q, yettinchi sinfda. 
– Men ham yettinchi sinfdaman. 50-maktabda o‗qiyman. 
– Muzqaymoq yemaymizmi? 
– Mayli
– Yuring, salqinga o‗tamiz. 
– Xo„p
 
3-misol. Tasdiq va inkor soʻzlar ajratib koʻrsatilgan. 
 
1. Men haq gapni aytyapman. – Hamayli, buni hozircha ochiq qoldiramiz. (X. 
To„xtaboyev) 2. Ayting-chi, siz bu gaplarga ishonasizmi? – Mutlaqo. 3. Yo„q, men 
buni hozirgi kayfiyatingga qarab aytayotganim yo‗q. (Abdulla Qahhor) 4. Xo„p, shu 
so‗riga joy qilgin. (S. Zunnunova) 5. Ha, piri badavlat deganlari shu, Yuz bir shohdan 
ortiq piri badavlat. (Mirtemir) 6. Mayli, yurtim, kezsang ham dunyo... O‗zligingni 
unutma aslo. (A. Oripov) 7. Yo„q, yashay bilmasman asrimdan nari, Da‘vo ham 
qilmasman mangulik izga. (A. Oripov) 
 
Savol va topshiriqlar: 
1. Ravish soʻz turkumining xusuiyatlarini sharglang. 
2. Ravishning qanday ma‘no turlari mavjud. 
3. Yordamchi soʻzlarning grammatik xususiyatlari nimalardan iborat? 
4. Sof va vazifadosh koʻmakchilarning farqli jihatlarini tushuntiring. 
5. Bogʻlovchilarning qanday turlari mavjud? 
6. Yuklamaning turlarini sharhlang. 
Adabiyotlar: 
1. Sayfullayeva R. va boshqalar. Hozirgi oʻzbek tili. T.: Universitet, 2011. 
2. Ўзбек тили грамматикаси. 1-қисм. – Т.: «ФАН», 1975. 
3. Jamolxonov H. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. – T.: 2005. 
4. U.Tursunov, A.Muxtorov, Sh.Rahmatullayev. Hozirgi o'zbek adabiy tili. – 
T.: 1992. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling