Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yozuvchining yolgʻoni va laganbardorligi tuturuqsiz kitobning umrini uzaytira olmaydi. (Onore de Balzak) Tobe bogʻlanish natijasida vujudga keladigan sintaktik birliklar
1. So„z birikmasi – bir so‗zning boshqa so‗zga kelishik, egalik qo‗shimchalari,
ko‗makchilar, so‗z tartibi va ohang(tobelashtiruvchi ohang) yordamida tobelanishi orqali bog‗lanishi. Masalan: daftarga yozmoq, bizning uyimiz, akam uchun olmoq, qiyin topshiriq. 2. Gap – bir so‗zning boshqa so‗zga shaxs-son va kesimlik qo‗shimchalari yordamida tobelanishi orqali bog‗lanishi. Masalan: Men bordim. Siz o„qidingiz. U keldi. Men shifokorman. 3-misol. Tobe bogʻlangan ayrim soʻzlar ajratib koʻrsatilgan. 1. Hech bir xalq dalada ishlash doston yozishdek shonli ish ekanligini anglab yetmaguncha yuksalmaydi. (Buker Vashington) 2. Hech narsa qilmaslik – bu juda og„ir ish. (Oskar Uayld) 3. Baxt yalqovga begona. (Maqol) 4. Betashvish bosh qayda, mehnatsiz osh qayda? (Maqol) 4. Non-tuzingni keng tut, odamlarga yedir. (Yusuf Xos Hojib) 5. Vaqt togʻni, suv toshni yemirar. (Maqol) 6. Hilm – axloqli odamning qimmatbaho libosi. (A. Navoiy) 7. Yozuvchining yolgʻoni va laganbardorligi tuturuqsiz kitobning umrini uzaytira olmaydi. (Onore de Balzak) Tobe bogʻlanish natijasida vujudga keladigan sintaktik birliklar № Birlik turi Bog„lovchi vositalar Misollar: Birlikning xususiyatlari 1 Soʻz birikmasi a) kelishik qoʻshimchalari; b) egalik qoʻshimchalari; d) koʻmakchilar; e) ohang (tobelashtiruvchi ohang); a) kitobni oʻqimoq; b) bizning kitobimiz; d) fan haqida suhbatlashmoq; e) qiziqarli kitob. Tushunchani ifodalaydi. 2 Gap a) shaxs-son qoʻshimchalari; b) kesimlik qoʻshimchalari, a) Men oʻqidim. Sen yozding. U keldi. b) Biz talabamiz. Fikrni ifodalaydi, hukmni bildiradi. Savol va topshiriqlar: 1. Morofolgiya va sintaksis munosabati haqida soʻzlab bering. 2. Sintaktik aloqani ta‘minlovchi vositalar nimalardan iborat? 3. Sintaktik aloqaning qanday turlari mavjud? 4. Tobe va teng aloqa haqida soʻzlab bering. Adabiyotlar: 1. Sayfullayeva R. va boshqalar. Hozirgi oʻzbek tili. T.: Universitet, 2011. 2. Ўзбек тили грамматикаси. 2-қисм. – Т.: «ФАН», 1976. 3. Jamolxonov H. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. – T.: 2005. 4. A.G'ulomov, M.Asqarova. Hozirgi o'zbek adabiy tili, sintaksis. – T.: 1965. 203 11-mavzu: SOʻZ BIRIKMALARI TASNIFI. GAP. Mustaqil so‗zlarning kelishik, egalik qo‗shimchalari, ko‗makchilar, so‗z tartibi va ohang (tobelashtiruvchi ohang) yordamida oʻzaro tobe munosabatda bog‗lanishidan so„z birikmasi hosil bo‗ladi. So‗z birikmasi bo‗lish uchun: 1) kamida ikkita mustaqil so‗z bo‗lishi lozim; 2) bu so‗zlar ma‘no jihatdan mos bo‗lishi kerak; 3) so‗zlarning biri ikkinchisiga ergashishi, ya‘ni tobelanishi zarur; 4) qo‗shimcha va yordamchi so‗zlar mustaqil so‗zlarni bog‗lashi kerak. So‗z birikmasi har doim ikki qismdan iborat bo‗ladi: Tobe so‗z – soʻzlar bogʻlanishida oldin kelgan soʻz boʻlib, hokim so‗zning ma‘nosini aniqlab, izohlab keladi. Hokim so‗z – soʻzlar bogʻlanishida keyin kelgan soʻz boʻlib, tobe so‗z tomonidan ma‘nosi aniqlanadi, izohlanadi. Masalan: qiziqarli kitob, qiziqarli – tobe, kitob – hokim; ishni tugatmoq, ishni – tobe, tugatmoq – hokim. So‗z birikmasida asosiy ma‘no hokim so‗zdan anglashiladi, tobe so‗z esa hokim so‗zning ma‘nosini aniqlashtiradi, izohlaydi va toʻldiradi. Masalan: qizil gul: qizil – tobe, gul – hokim; maktabga bormoq: maktabga – tobe, bormoq – hokim. Bunda qizil so‗zi gul so‗zining ma‘nosini aniqlashtiryapti, ya‘ni gulning rangi qandayligini bildiryapti. Maktabga so‗zi esa bormoq so‗zining ma‘nosini aniqlashtiryapti, ya‘ni qayerga borilganligini bildiryapti. Solishtiring: gul – gulning rangi yoki boshqa xususiyatlari, ya‘ni qanaqa gulligi noaniq. qizil gul – gulning rangi aniq, bu har qanday gul emas, aynan qizil gul. bormoq – qayerga borilayotganligi noaniq. maktabga bormoq – qayerga borilayotganligi aniq, boshqa joyga emas, aynan maktabga borilyapti. Soʻz birikmasida soʻroq hokim soʻzdan beriladi. Masalan: qanday gul? qayerga bormoq? Tobe soʻz esa ana shu soʻroqqa javob boʻladi: qizil gul, maktabga bormoq. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling