Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- SINTAKTIK ALOQA (GRAMMATIK BOGʻLANISH)
199 IV FASL. SINTAKSIS 10-mavzu: MORFOLOGIYA VA SINTAKSISNING MUNOSABATI. SINTAKSISNING OʻRGANISH SOHASI. Fikrimizni boshqalarga tovushlar vositasida so‗zlash va harflar vositasida yozish orqali bayon qilamiz. So‗zlash va yozish orqali ma‘lum fikr bayon qilishimiz nutq hisoblanadi. Nutqimizda gaplardan foydalanamiz. Gap tarkibidagi so‗zlar o‗zaro bog‗langan bo‗ladi. Masalan, Biz kecha kutubxonaga bordik gapida soʻzlar quyidagicha oʻzaro bogʻlangan: biz bordik, kecha bordik, kutubxonaga bordik. So‗zlarning gapdagi bog‗lanishi sintaktik aloqa, sintaktik aloqani o‗rganuvchi bo‗lim sintaksis deyiladi. Tovushlardan so‗z va qo‗shimchalar, so‗z va qo‗shimchalardan gap hosil bo‗ladi. Gap bitta so‗zdan iborat bo‗lishi ham mumkin. Masalan: Oʻqi. Keldik. SINTAKTIK ALOQA (GRAMMATIK BOGʻLANISH) Bir soʻzning boshqa soʻzga ma‘lum grammatik vositalar (grammatik qoʻshimchalar, yordamchi soʻzlar) orqali bogʻlanishi sintaktik aloqa (grammatik bogʻlanish) deyiladi. 1-misol. Kitobni oʻqimoq, daftarga yozmoq, qalam bilan chizmoq, bizning uyimiz, men oʻqidim. Tilda soʻzlar oʻzaro bogʻlanib, ya‘ni sintaktik aloqaga kirishib soʻz birikmasi va gaplarni hosil qiladi, soʻz birikmasi va gaplar esa nutqni yuzaga chiqaradi. Nutq orqali biz oʻz fikrimizni boshqalarga yetkazamiz. Bundan koʻrinadiki, soʻzlar oʻzaro bogʻlanmasa, fikr anglashilmaydi. Masalan, Men akam bilan kutubxonaga bordim gapida soʻzlar oʻzaro sintaktik aloqaga kirishgan, nutqda faollashgan va buning natijasida soʻz birikmasi, ularning birligidan esa gap yuzaga kelgan. Bu gap soʻzlovchining akasi bilan kutubxonaga borganligi haqida axborot bermoqda, ya‘ni xabar mazmunidagi fikrni ifodalamoqda. Solishtiring: Men akam kutubxona bor. Ushbu misolda esa soʻzlar oʻzaro bogʻlanmagan, shuning uchun undan hech qanday fikr anglashilmaydi, biror mazmunni bildirmaydi. So‗zlar oʻzaro bog‗lanishi, ya‘ni sintaktik aloqaga kirishishi uchun quyidagi xususiyatlarga ega boʻlishi lozim: 1) ular mustaqil so‗z turkumlariga mansub bo‗lishi lozim. Masalan, kitob o„qimoq, maktabga bormoq. Lekin ukam uchun, telefon orqali birikuvlari ikkinchi so‗zlari mustaqil so‗z bo‗lmaganligi uchun (orqali, uchun koʻmakchi); sira bormayman, aslo soʻramang birikuvlari esa birinchi so‗zlari mustaqil so‗z bo‗lmaganligi uchun (sira, aslo yuklama) so‗zlarning bog‗lanishiga misol bo‗la olmaydi. Demak, bir yordamchi soʻz va bir mustaqil soʻz oʻzaro birikib sintaktik aloqani hosil qila olmaydi; 200 2) so‗zlarning ma‘nolari o‗zaro mos bo‗lishi lozim. Masalan, oyna so‗zining ma‘nosi sinmoq so‗zining ma‘nosiga mos: oyna sindi. Ammo randalamoq, uzilmoq so‗zlariga mos emas. Shuning uchun nutqda ma‘nosi mos bo‗lmagan so‗zlarni bog‗lash xato bo‗ladi: oyna uzildi deb boʻlmaydi; 3) so‗zlarni bog‗lovchi qo‗shimchalar ham o‗z o‗rnida bo‗lishi kerak. Masalan, Toshkentda yashayman, ukamning daftari birikmasida qo‗shimchalar to‗g‗ri qo‗llangan. Lekin Toshkentga yashayman, ukamni daftari birikmasida qo‗shimcha noto‗g‗ri qo‗llangan. Sintaktik aloqa, ya‘ni so‗zlarning o‗zaro bog‗lanishi ikki xil bo‗ladi: 1. Teng bog‗lanish – ikki so‗zning teng huquqli, biri ikkinchisiga buysunmay (tobelanmay) bog‗lanishi. Masalan: men va ukam, kitob hamda daftar, oy-u quyosh. 2. Tobe bog‗lanish – bir so‗zning (tobe so‗zning) boshqa bir so‗zga (hokim so‗zga) tobelanishi orqali bog‗lanishi. Masalan: mening ukam, uyga bormoq, kitobni o„qimoq, biz keldik. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling