Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   310
GAPNING IFODA MAQSADI 
Nutqimizda gaplar quyidagi maqsadlardan biri uchun ishlatiladi: 


208 
1) xabar berish; 
2) so‗rash, aniqlash; 
3) buyurish, undash; 
4) istak, xohish bildirish. 
Shu sababli gapning ifoda maqsadiga ko‗ra darak gap, so„roq gap, buyruq gap, 
istak gap turlari ajratiladi. 
DARAK GAPLAR 
Darak, xabar ma‘nosini bildiruvchi va ma‘lum voqea-hodisa haqida xabar 
berish maqsadida qoʻllanuvchi gaplarga darak gaplar deyiladi. Darak gaplar oxiriga 
yozuvda nuqta qo‗yiladi. 
Darak gaplarning kesimi xabar maylidagi fe‘llar yoki tasdiq va inkor shaklidagi 
otlar bilan ifodalanadi. 
1-misol. 
1) Kecha do‗stlarimiz bilan tog‗ga bordik. 2) Yurtimizda bayramlar koʻp. 3) 
Ana bu – bizning bog‗imiz. 4) Bugun darsga bormadim. 
Ba‘zan gapning inkor shakli orqali tasdiq ma‘nosi anglashiladi. Bunday vaqtda 
ikkita inkor shakl qo‗llanilib, gapga tasdiq ma‘nosini beradi. Masalan: o„qimay 
qo„ymayman. (albatta, o‗qiyman); bajarmay qo„ymayman (albatta, bajaraman) 
Inkor shakl orqali ifodalangan tasdiq ma‘nosi tasdiq shakl orqali ifodalangan 
tasdiq ma‘nosidan kuchliroq bo‗ladi 
SOʻROQ GAPLAR 
So‗roq ma‘nosini bildirgan va ma‘lum voqea-hodisa haqida soʻrash, aniqlash 
maqsadida qoʻllaniluvchi gaplar so„roq gaplar hisoblanadi. 
2-misol. 
 
1) «Mustaqil yurt» deganda, nimani tushunasiz? 2) Bo‗sh paytingizda 
onangizga yordam 
berasizmi? 3) Kelajakda kim bo‗lmoqchisiz? 4) Kasallikka eng yaxshi davo mehnat 
ekanini bilasizmi?
So‗roq gaplar so‗roq olmoshlari (kim, nima, qayer, qancha kabi), so‗roq 
yuklamalari (-mi, -a (-ya), -chi) yoki so‗roq ohangi yordamida ifodalanadi. Masalan: 
– Tunda yo„lga chiqamiz. 
 
– Tunda? 
Yozuvda so‗roq gap oxiriga so‗roq (?) belgisi qo‗yiladi. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling