Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet204/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   310
Siz oʻqidingizBiz bordikU kelibdi. Biz oʻquvchimiz
Moslashuvli tobe bogʻlanish deganda qaratqich va qaralmish bogʻlanishi 
hamda ega va kesim moslashuvi birgalikda tushuniladi: onaning mehri, Dars 
boshlandi.
Moslashuvli soʻz birikmasi deyilganda esa faqat qaratqich va qaralmish 
bogʻlanishi nazarda tutiladi: onaning mehri. 


207 
BITISHUV 
Ayrim so‗z birikmalari tarkibida ba‘zi ko‗makchilar va kelishik qo‗shimchalari 
o‗z vazifasini yo‗qotadi. Shuning uchun bunday bog‗lanishlarga boshqaruv emas
bitishuv deb qaraladi. 
Tobe soʻz tarkibidagi qoʻshimchalarning yaxlitlanib qolishi natijasida bitishuv 
deb qaraladigan ayrim birikmalar 
№ 
Tobe soʻz 
Misollar 
Izoh 

Ravish 
toʻsatdan kelib qolmoq; 
birdan gapirmoq; 
qoʻqqisdan hujum qilmoq; 
birga yashamoq; 
tezda kelmoq; 
favqulodda harakat qilmoq. 
Bunday birikmalarning tobe soʻzi 
boʻlib kelgan ravishlar tarkibida -
ga, -dan, -da kelishik 
qoʻshimchalari asos bilan 
mustahkam birikib, qotib qolgan, 
oʻz vazifasini yoʻqotgan. Shuning 
uchun bu soʻzlarda kelishik 
qoʻshimchasi yoʻq. 

Ravishdosh 
oʻylamasdan gapirmoq; 
uxlamasdan kutmoq; 
qiynalmasdan bajarmoq. 
Bunday birikmalarning tobe soʻzi 
ravishdoshlar boʻlib, ularning 
tarkibida
-dan chiqish kelishigi emas, 
ravishdoshning boʻlishsizlik shakli 
boʻlgan yaxlit -masdan 
qoʻshimchasi mavjud. 
 
GAP 
 
So‗z yoki so‗zlar vositasida anglashilgan fikr gap deyiladi. Masalan: Dars 
boshlandi. Men maktabda oʻqiyman. Ertaga biznikiga kelasizmi? 
 
Gap biror voqea-hodisa haqidagi xabarni, so‗roqni yoki buyruqni bildiruvchi
tugal hukmni ifodalovchi asosiy sintaktik birlikdir. Masalan: Men qiziqarli kitoblar 
sotib oldim. 
Har qanday gapdan anglashilayotgan xabar, so‗roq, buyruq, istak ma‘nosi 
uning kesimida ifodalanadi. Kesim gapning eng muhim va asosiy bo‗lagidir. 
Masalan: Biz kecha teatrga bordik
Bu gapda boshqa bo‗laklar tushirib qoldirilsa ham, kesimning o‗zi mazmunni 
ifodalayveradi: Bordik. – qayergadir borilgani haqida xabar berilmoqda. Lekin 
kesimni tushirib qoldirsak, gap va uning mazmuni yo‗qoladi: Biz kecha teatrga – 
hech qanday ma‘noga ega emas. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling