Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
kelmoq
2 Sifat boshqaruvi Bunday boshqaruvli birikmalarda hokim soʻz sifat bilan ifodalanadi. hammasidan qiziq, bajarish uchun qiyin 3 Ravish boshqaruvi Bunday boshqaruvli birikmalarda hokim soʻz ravish bilan ifodalanadi. barchasidan koʻp, tovushdan tez 4 Ot boshqaruvi Bunday boshqaruvli birikmalarda hokim soʻz ot bilan ifodalanadi. doʻstimga tuhfa, onam uchun sovgʻa MOSLASHUV Moslashuvda ikki tomonlama bog‗lanish kuzatiladi: tobe so‗z hokim so‗zga qaratqich kelishigi orqali, hokim so‗z esa tobe so‗zga egalik qo‗shimchasi orqali bog‗lanadi. Bunda qaratqich kelishigini olgan so‗z qaratqich, egalik qo‗shimchasini olgan so‗z qaralmish deyiladi. Masalan: bizning oʻqituvchimiz, sening ukang, Anvarning kitobi. Bizning – qaratqich, oʻqituvchimiz – qaralmish. Ba‘zan qaratqich belgisiz kelishi ham mumkin: vatanning tuprogʻi – Vatan tuprogʻi. Moslashuvda tobe va hokim so‗z shaxs-sonda moslashadi. Masalan: mening kitobim; mening – tobe so‗z I shaxs kishilik olmoshi – men, kitobim – hokim so‗zga ham I shaxs egalik qo‗shimchasi -im qo‗shilgan. Moslashuv ham ikkiga bo‗linadi: 1) so„z birikmasidagi moslashuv – qaratqich kelishigi va egalik qo‗shimchasini olgan soʻzlarning oʻzaro bogʻlanishi. Masalan: bizning jamoamiz, daraxtlarning bargi. 2) ega va kesim moslashuvi. Oʻzbek tilida gapning egasi va kesimi ham shaxs-sonda moslashadi, ya‘ni kesim qaysi shaxs-sonda boʻlsa, ega ham unga mos tarzda oʻsha shaxs-sondagi soʻz bilan ifodalanadi. Masalan, Men keldim gapida kesim keldim soʻzi I shaxs birlik shaxs-son shakli -m ni qabul qilgan, ega ham unga mos boʻlgan I shaxs birlik kishilik olmoshi – men soʻzi bilan ifodalangan. E‘tibor bering: Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling