Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Soʻroq gaplarning ifodalanishi (hosil qilinishi)


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet206/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   310
Soʻroq gaplarning ifodalanishi (hosil qilinishi) 
№ 
Soʻroq gapni hosil 
qiluvchi vosita 
Misollar 
Xususiyati 

Soʻroq olmoshlari: 
kim? nima? qaysi? 
1) Jaloliddin Manguberdi 
kim bo‗lgan? 
So‗roq 
olmoshlari 
yordamida 
ifodalangan 


209 
qanaqa? qayer? 
qachon? qancha? 
nechta? nechanchi? 
nega? 
2) 
Qanday 
xalq 
ertaklarini o‗qigansiz? 
3) Boku qaysi davlatning 
poytaxti sanaladi? 
so‗roq gaplar 
so‗roqqa 
aniq 
javob 
bo‗luvchi 
so‗zni 
talab 
qiladi. Masalan: 
– Ko‗chatlarga kim suv 
quydi? 
– Salim. 

Soʻroq yuklamalari: 
-mi, -chi, -a (-ya) 
1) Chaqimchilik nima 
ekanini bilasizlarmi
2) Siz shu mahallada 
yashaysizmi
3) Siz-chi? Men-a
So‗roq yuklamalari orqali 
ifodalangan so‗roq gaplar 
ha 
yoki yo„q javoblarini talab 
qiladi. Soʻngra unga izoh 
berilishi mumkin. Masalan: 
– 
Siz 
shu 
mahallada 
yashaysizmi
– Ha, men shu mahalladagi 
26-uyda yashayman.

Soʻroq ohangi 
– Sodiq, ichkariga kir. 
Dars boshlandi. 
– Dars boshlandi? 
Soʻroq 
ohangi 
gapning 
oxiriga tomon koʻtarilib 
(kuchayib) boradi. 
Soʻroq gaplar doimo ham soʻroq ma‘nosini ifodalayvermaydi. Ayrim soʻroq 
gaplar darak va buyruq ma‘nosini ham ifodalashi mumkin. Shu jihatdan soʻroq gaplar 
qanday ma‘noni ifodalashiga koʻra bir nechta turlarga boʻlinadi: 
1) Sof soʻroq gaplar; 
2) Soʻroq-darak gaplar; 
3) Soʻroq-buyruq gaplar. 
Soʻroq gaplarning ifodalanishi (hosil qilinishi) 
№ 
Soʻroq gapni 
hosil qiluvchi 
vosita 
Misollar 
Xususiyati 

Sof soʻroq gaplar 
1) 
Guruhingizda 
kim 
yaxshi oʻqiydi? 
2) Qachon Samarqandga 
bormoqchisiz? 
3) Shu kitobni olamizmi? 
Sof soʻroq gaplar soʻroqni 
bildiradi 
va 
soʻzlovchiga 
ma‘lum boʻlmagan axborotni 
soʻrash 
uchun 
ishlatiladi. 
Bunday soʻroq gaplar oʻziga 
biror javobni talab qiladi. 

Soʻroq-darak 
gaplar 
1) Kim Vatanni sevmaydi? 
(Ma‘nosi: Hamma Vatanni 
sevadi) 
2) 
Kim 
uyida 
urush 
boʻlishini 
istaydi? 
(Ma‘nosi: 
Hech 
kim 
1) Bunday soʻroq gaplar javob 
talab qilmaydi, javobi shu 
gapning 
oʻzida 
mazmunan 
ifodalangan boʻladi; 
2) Bunday gaplarda soʻroq gap 
shakli 
orqali 
darak 
gap 


210 
istamaydi)
mazmuni ifodalanadi. 
3) Bunday gaplarning kesimi 
boʻlishsiz 
fe‘llar 
bilan 
ifodalangan boʻlsa, tasdiq darak 
gap ma‘nosini; boʻlishli fe‘llar 
bilan ifodalangan boʻlsa, inkor 
darak gap ma‘nosini bildiradi. 
4) 
Soʻroq 
gap 
orqali 
ifodalangan 
darak 
ma‘nosi 
darak gap orqali ifodalangan 
darak ma‘nosidan kuchliroq 
boʻladi. 

Soʻroq-buyruq 
gaplar 
1) 
– 
Televizorni 
yoqmaysizmi? 
(Ma‘nosi: 
Televizorni 
yoqing.) 
2) 
– 
Darsingni 
tayyorlasang 
boʻlmaydimi? 
(Ma‘nosi: 
Darsingni 
tayyorla.) 
1) Bunday soʻroq gaplar javob 
talab qilmaydi, javobi shu 
gapning 
oʻzida 
mazmunan 
ifodalangan boʻladi; 
2) Bunday gaplarda soʻroq gap 
shakli 
orqali 
buyruq 
gap 
mazmuni ifodalanadi. 
3) Bunday gaplarning kesimi 
boʻlishsiz 
fe‘llar 
bilan 
ifodalangan 
boʻlsa, 
tasdiq 
buyruq gap ma‘nosini; boʻlishli 
fe‘llar bilan ifodalangan boʻlsa, 
inkor buyruq gap ma‘nosini 
bildiradi. 
4) 
Soʻroq 
gap 
orqali 
ifodalangan buyruq ma‘nosi 
buyruq gap orqali ifodalangan 
buyruq ma‘nosidan kuchliroq 
boʻladi. 
Javob talab qilmaydigan soʻroq-darak va soʻroq-buyruq gaplar ritorik soʻroq 
gaplar ham deb yuritiladi. 
Ritorik-soʻroq gaplar javob talab qilmaydigan, tasdiq mazmunidagi javobni 
oʻzida yashirin ifodalaydigan gaplar boʻlib, ular eng kuchli uslubiy vositalardan 
sanaladi. Bunday soʻroq gaplarda fikr kuchli his-hayajon, emotsionallik bilan, juda 
ifodali, ta‘kidli va ta`sirchan tarzda beriladi. Shuning uchun bunday gaplar, asosan, 
soʻzlashuv, badiiy va publitsistik uslublarda keng qoʻllanadi. Misollar: Hozir erta 
turmasa boʻladimi?! (Oʻ. Umarbekov) Xalqini sevgan qaysi farzand Vatanini ozod 
koʻrishni xohlamaydi?! (Erkin A‘zam) Oliy adolat degan mana shu emasmi?! (Erkin 
A‘zam) 


211 
3-misol. 
1) Gunohlar kirini pushaymonlik va tavba yoshi yuva olishini kim bilmaydi? 
(Tohir Malik) 2) Yelkasidagi tashvish yuki bilan qayerga sigʻadi? (Tohir Malik) 3) 
Kim bilmaydi buni?! Kimga kerak, ayting! (Asqad Muxtor) 4) Musulmonning 
qoʻliga yaxshi beshotarni berib qoʻyarmidi? (Choʻlpon) 5) Hamma bir millat boʻlsa, 
nimasi yomon? (Erkin A‟zam) 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling