Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


  Qoʻshma fe‘l  U bu gaplarimni eshitib xafa boʻldi


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet214/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   310

Qoʻshma fe‘l 
U bu gaplarimni eshitib xafa boʻldi. 

Juft fe‘l 
Konspekt 
daftarini 
olib, 
oʻsha 
yerda 
koʻchiraman-qoʻyaman. 

Takror fe‘l 
Bu bola hammani kuydirgani-kuydirgan. 

Koʻmakchi fe‘lli soʻz shakli 
Mohira kitobni tezda oʻqib chiqdi. 

Ibora 
U birdaniga toʻnini teskari kiyib oldi. 

Fe‘l + toʻliqsiz fe‘l 
Oilalarimiz oʻrtasidagi bordi-keldi uzilmas 
edi. 

Birikma, kengaygan birikma 
1) Komil insonlardagi olijanob xislat – 
oʻtmishni unutmaslik. 


217 
2) Toshkent – Oʻzbekiston Respublikasining 
poytaxtidir. 
 
BOGʻLAMALAR 
 
 
Biror soʻz gapda kesim vazifasini bajarishi uchun unda shaxs-son, zamon, mayl 
va tasdiq-inkor ma‘nolarining birikuvidan iborat kesimlik ma‟nosi boʻlishi lozim.
Bunday ma‘nolarni esa fe‘lning shaxs-son, zamon va mayl qoʻshimchalari 
ifodalagani uchun fe‘llar gapda asosan kesim vazifasini bajaradi.
Fe‘ldan boshqa soʻz turkumlari (ot, sifat, son, olmosh va h.k) esa toʻgʻridan 
toʻgʻri bunday ma‘nolarga ega emas. Masalan, talaba soʻzi ot turkumiga mansub 
boʻlib, uning ma‘no tarkibida hech qanday shaxs-son, zamon, mayl ma‘nolari mavjud 
emas. Demakki, bunday ma‘nolar mavjud boʻlmagandan keyin bu va bunga oʻxshash 
soʻzlar toʻgʻridan toʻgʻri kesim boʻlib kela olmaydi. Bunday paytda esa ularga shaxs-
son, zamon, mayl, tasdiq-inkor ma‘nolarini yuklovchi maxsus vositalar qoʻshiladi va 
shular orqali fe‘ldan boshqa soʻz turkumlari (ot, sifat, son, olmosh va h.k) kesim 
boʻlib shakllanadi. Masalan, yuqorida koʻrganimiz talaba soʻziga -man shakli 
qoʻshilsa, talabaman soʻzi hosil boʻladi, bu soʻz esa endilikda shaxs-son, zamon, 
mayl va tasdiq-inkor ma‘nolarini ifodalay oladi: talabaman → I shaxs birlikda (men 
talabaman), hozirgi zamonda, xabar mayli ma‘nosida, tasdiq. Koʻrinib turibdiki, -man 
shakli talaba soʻziga qoʻshilib, uni kesim sifatida shakllantirmoqda. 
Fe‘ldan boshqa soʻz turkumlariga, shaxs-son, zamon, mayl, tasdiq-inkor kabi 
kesimlik ma‘nolarini qoʻshib, ularni gapda kesim sifatida shakllantiruvchi va ot 
kesim tarkibida kelib, uni ega bilan bog‗lovchi so‗z bog‘lama deyiladi; edi, ekan, 
emish, bo„lmoq, hisoblanmoq, sanalmoq, kerak, zarur, darkor, lozim kabi so‗zlar 
bog‗lama vazifasida qo‗llanadi. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling