Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-misol.
2-topshiriq. Berilgan gaplarda ot kesim va ega orasida nega tire qoʻyilmaganligini izhohlang. 1. Go‗zal chehra o‗z nomi bilan go‗zal. (F.Bekon) 2. Chehrasi ochiq kishining qalbi ham ochiq. (F.Shiller) 3. 3. Saxovat go‗zallikdan ko‗ra afzalroq. (G.Geyne) 4. Ma‘no yo‗q joyda go‗zallik bo‗lishi mumkin emas. (E.Bule) 5. Samimiylik ham xuddi husn va aql kabi ehson. (V.I. Kachalov) EGA VA KESIMNING MOSLASHUVI Ega kesim bilan grammatik va mazmun tomondan bogʻlanganligi uchun doimo kesimning shakliga mos shaklda turadi. Eganing kesim shakliga mos (shaxs-son) shaklda kelishiga moslashuv deyiladi. Masalan: 1) Men oʻqiyman. Men (ega) – I shaxs birlik kishilik olmoshi, oʻqiyman (kesim) – I shaxs birlik shaxs-son shaklida. 2) Sen oʻqiysan. Sen (ega) – II shaxs birlik kishilik olmoshi, oʻqiysan (kesim) – II shaxs birlik shaxs-son shaklida. Ega narsa, hayvonlarni bildiruvchi soʻzlar bilan ifodalanganda, kesim ba‘zan ega bilan son shakli boʻyicha moslashmasligi mumkin. Masalan: 1) Qushlar sayradi. Qushlar (ega) – III shaxs koʻplikda, sayradi (kesim) – III shaxs birlikda. Kesim va ega har doim shaxsda mos keladi. EGA Gap kesimidan anglashilib turgan harakatning bajaruvchisini, belgining sohibini bildirgan bo‗lak egadir. Ega, asosan, kim, nima, qayer so‗roqlariga javob bo‗ladi. Ega doimo bosh kelishik shaklida bo‗ladi. Egalik va ko‗plik shakllarini (qo‗shimchalarini) qabul qilishi mumkin. 1-misol. Egalar ajratib koʻrsatilgan. 1. Otam harbiy shifoxonada ishlar edi. 2. Samarqand – boy tarixga ega shahar. 3. Yo„lbarslar mushuksimonlar oilasiga kiruvchi yirtqichdir. 4. Ilm hayo bilan kibr orasida yo‗q bo‗lib ketadi. (Abu Homid G„azzoliy) 5. Kamtar kerilmaydi, mol-dunyoga berilmaydi. (Maqol) 6. Maqtanchoq – quruq po‗choq. (Maqol) 7. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling