3 Buyruq
gaplar
Tezroq yugur.
3 Buyruq
gaplar
Tezroq yugur!
4 Istak gaplar
Qaniydi, men ham
talaba boʻlsam.
4 Istak gaplar
Qaniydi, men ham
talaba boʻlsam!
GAPNING TUZILISHIGA KOʻRA TURLARI Gaplar grammatik asoslari (kesimlari)ning soniga ko‗ra tuzilish jihatidan ikki
turga bo‗linadi: 1) sodda gaplar; 2) qoʻshma gaplar.
Grammatik asosi(kesimi) bitta bo‗lib, bir xabarni ifodalovchi gap sodda gap hisoblanadi. Masalan: Unutilish bilan nodir asarlar o„lmaydi. Ikki va undan ortiq grammatik asosdan(kesimdan) tashkil topib, birdan ortiq
xabarni yaxlitlashtirib ifodalaydigan gap qo„shma gapdir. Masalan: Ko„p bilgan oz so„zlar, oz bo„lsa ham, soz so„zlar. Sodda gapda shakllangan (zamon, shaxs-son, mayl, tasdiq-inkor belgisiga ega
bo‗lgan) kesim bitta, qo‗shma gapda birdan ortiq bo‗ladi.
1-misol. Sodda gaplar.
1. Yozuvchining yolg‗oni va laganbardorligi tuturuqsiz kitobning umrini
uzaytira olmaydi. (Onore de Balzak) 2. Vaqtni o‗ldirish uchun o‗qiydiganlarga hech
qaysi asar uzun tuyulmaydi.(Djovanni Bokkachcho) 3. Kitob – aql qayrog„i.
214
(Maqol) 4. Kech boshlagan kechikar. (Maqol) 5. Kechki ekinning xatari ko‗p. (Maqol) 6. Vaqt tog‗ni, suv toshni yemirar. (Maqol) 2-misol. Qoʻshma gaplar.
1. Kitob o‗z yaralishida hech qachon san‘at asari bo„lmaydi: u san‘at asariga
aylanadi. (Gonkur) 2. Savol – kumush, javob – oltin. (Maqol) 3. Vaqting ketdi –
naqding ketdi. (Maqol) 4. Vaqting kam bo‗lishini istasang, hech narsa qilma.
(Anton Chexov)