Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
III -sin Oʻqisin -sin(lar) Oʻqisinlar ISTAK GAPLAR
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-misol. 1) Qani edi, dunyodagi barcha bolalar baxtli boʻlsa
III
-sin Oʻqisin -sin(lar) Oʻqisinlar ISTAK GAPLAR Kesimi -sa shart mayli shaklidagi fe‘llar orqali ifodalangan gaplar istak gap hisoblanadi. Masalan: Xorijiy tillarni yaxshi o„rganib, chet ellarga o„qishga borsam. 212 Istak gaplar oxiriga nuqta (.) qo‗yiladi. 5-misol. 1) Qani edi, dunyodagi barcha bolalar baxtli boʻlsa. 2) Hammamiz o‗quv yilini muvaffaqiyatli tugatsak. 3) Yer yuzida barcha xalqlar tinch va totuv yashasa. 4) Biz ham chet ellarda o‗qisak. 5) Tezroq imtihonlar boshlansa edi. 6) Qaniydi, yoz kelsa. 7) Qani, til bo‗lsa-yu, u bilan suhbatlasha qolsa! -sa shart mayli shaklini olgan fe‘l sodda gapning kesimi boʻlsa va shu kesim bilan gap tugallansagina istak gaplar hosil boʻladi. Masalan: Biz ham Toshkentga borsak. Agar -sa shart mayli shaklini olgan fe‘l qoʻshma gap tarkibidagi birinchi gapning kesimi boʻlsa va bu kesimdan soʻng yana bir gap kelsa, istak gap hisoblanmaydi. Masalan: Biz ham Toshkentga borsak, Mustaqillik maydoniga kiramiz. – darak gap; Biz ham Toshkentga borsak, Mustaqillik maydoniga kiramizmi? – soʻroq gap; Biz ham Toshkentga borsak, Mustaqillik maydoniga kiraylik. – buyruq gap. IFODA MAQSADIGA KOʻRA GAP TURLARI USLUBIYATI Darak, soʻroq va buyruq kabi gapning ifoda maqsadiga koʻra turlari nutqiy uslublarda turli uslubiy ma‘nolarni ifodalash uchun xizmat qiladi. Bu turlarning barchasi kuchli his-hayajon, emotsionalikka ham ega boʻlishi mumkin. Bunday holatlarda ular undov gaplar ham deyiladi. Nutq uslublarining deyarli barchasida gaplarning bunday turlari matn maqsadiga muvofiq ravishda qoʻllanadi. Darak gaplar nutqda eng koʻp ishlatiladigan gap turidir. Maxsus intonatsiya, ohang yordamida bunday gaplarda gumon, sevinch kabi qoʻshimcha ma‘nolar ifodalanishi mumkin. Soʻroq gaplar xilma-xil uslubiy xususiyatlarga ega. Bunday gaplarning ayrim koʻrinishlari soʻroq bilan birga hayrat va taajjub (Shunaqayam boʻladimi?!), sevinch- hayajon (Doʻstim gʻolib boʻldimi?!), shubha-gumon (Vaqtida yetib bora olarmikamiz?) kabi bir qator uslubiy ma‘nolarni voqelantirishi mumkin. Hatto ba‘zan soʻroq gap bevosita soʻroqni emas, balki buyruqni ham bildirib kelishi kuzatiladi. Masalan, Tez-tez yurmaysanmi?! («Tez-tez yur» mazmuni anglashiladi). Bunday holatlar koʻproq soʻzlashuv, badiiy va publitsistik uslublarga xos. Buyruq gaplarning ilmiy va rasmiy uslublarda qoʻllanishi ularning soʻzlashuv, badiiy va publitsistik uslublarda qoʻllanishidna farq qiladi. Ilmiy va rasmiy uslublarda buruq gaplar his-hayajonsiz, ya‘ni emotsionalliksiz qoʻllanadi, keyingi uch uslubda esa koʻproq emotsionallik ifodasi bilan ishlatiladi. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling