Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


-mavzu:  GAPNING HIS-HAYAJONNING ISHTIROKIGA KOʻRA


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet209/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   310
52-mavzu: 
GAPNING HIS-HAYAJONNING ISHTIROKIGA KOʻRA
TURLARI 
Gaplar so‗zlovchining his-hayajoni qo‗shilishi yoki qo‗shilmasligiga ko‗ra his-
hayajonsiz gaplar va his-hayajon gaplarga bo‗linadi. 


213 
His-hayajon ohangi bilan aytilgan darak, so‗roq, buyruq shaklidagi gaplar his-
hayajon gaplar (undov gaplar) sanaladi. Masalan: Ey Vatan! Polvonlaring bor 
bo„lsin! Uyg„oq bo„lsin! (Y. Eshbek) 
His-hayajon gaplarda ko‗pincha qancha, naqadar, shunchalar, qanday so‗zlari 
hamda undov so‗zlar ishtirok etadi yoki kesim gapning oldida keladi. Masalan: Oh, 
naqadar go„zal ona tabiat! 
Yozuvda his-hayajon gaplar oxiriga undov (!) belgisi qo‗yiladi. Agar so‗roq 
gap his-hayajon bilan aytilsa, oldin so‗roq belgisi, undan so‗ng undov belgisi 
ishlatiladi. Masalan: Chiqmaysizmi?!  
Hech qanday his-hayajonsiz, oddiy ohang bilan bayon qilingan darak, soʻroq, 
buyruq gaplar his-hayajonsiz gaplar hisoblanadi. Masalan: Dars boshlandi. 
Kitobingni oʻqi. 
5-misol. 
1) Iya, o‗g‗lim a‘lochi derdingiz, xati shumi hali?! (Hakim Nazir) 2) Barakali 
mehnatdan so‗ng rohatlanib dam olish qanday zavqli! 3) O, qoyilman, shuniyam 
hisobga oldingizmi?! (Oybek) 4) Ipak qurticha g‗ayrating yo‗qmi?! (Navoiy) 
Gapning his-hayajonning ishtirokiga koʻra turlari 
His-hayajonsiz gaplar 
His-hayajonli (undov) gaplar 

Darak gaplar
Ertaga maktabimizga 
shoirlar keladi. 

Darak gaplar
Ertaga maktabimizga 
shoirlar keladi! 

Soʻroq 
gaplar 
Qachon 
Samarqandga 
boramiz? 

Soʻroq 
gaplar 
Qachon Samarqandga 
boramiz?! 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling