Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Sintaktik aloqa (grammatik bogʻlanish)ning turlari


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   310
Sintaktik aloqa (grammatik bogʻlanish)ning turlari 
Bogʻlanish 
turi 
Bog„lovchi vositalar 
Misollar: 
Bog„lanishning 
xususiyatlari 

Teng 
bogʻlanish 
a) teng bogʻlovchilar:
va, 
hamda, 
ammo, 
lekin,biroq, yoki, yo, 
yo…yo, 
goh…goh, 
na…na; 
b) teng bogʻlovchi 
vazifasidagi vositalar: 
-u (-yu), -da, bilan; 
d) 
ohang 
(tenglashtiruvchi 
sanash ohangi). 
a) Men va akam 
kutubxonaga 
bordik. 
b) 
Men 
bilan 
akam 
kutubxonaga 
bordik. 
d) Men, akam 
kutubxonaga 
bordik. 
1) teng bogʻlanayotgan 
soʻzlar bir xil soʻroqqa 
javob boʻladi. 
2) bir xil grammatik 
shaklda boʻladi (ya‘ni 
bir xil qoʻshimcha 
oladi). 
3) 
gapda 
bir 
xil 
sintaktik 
vazifada 
keladi. 
4) har biri alohida-
alohida tushunchalarni 
bildiradi. 

Tobe 
bogʻlanish 
a) 
kelishik 
qoʻshimchalari; 
b) 
egalik 
qoʻshimchalari; 
d) koʻmakchilar; 
e) 
ohang 
(tobelashtiruvchi 
ohang); 
f) shaxs-son 
qoʻshimchalari; 
g) 
kesimlik 
qoʻshimchalari 
a) 
kitobni 
oʻqimoq; 
b) 
mening 
kitobim
d) kitob haqida 
suhbatlashmoq; 
e) qiziqarli kitob; 
f) Men oʻqidim
g) 
Men 
talabaman
1) tobe bogʻlanayotgan 
soʻzlar 
turli 
xil 
(alohida-alohida) 
soʻroqqa 
javob 
boʻladi. 
2) gapda turli xil 
sintaktik 
vazifada 
keladi. 
3) bitta tushunchani 
bildiradi 
(soʻz 
birikmalari). 


201 
TENG BOGʻLANISH 
Bir mustaqil so‗z boshqasiga ergashmay, izohlamay bog‗lansa, teng bog„lanish 
deyiladi. 
So‗zlarning teng bog‗lanishi so„z qo„shilmalarini hosil qiladi: yoshlar va 
kelajak, otam bilan onam, oy hamda quyosh. 
Teng bog‗lanishda tobe va hokim so‗z bo‗lmaydi, ikkala so‗z ham teng huquqli 
bo‗ladi. 
Teng bogʻlangan soʻzlar sanash ohangi bilan talaffuz qilinadi. 
2-misol. Teng bogʻlangan soʻzlar ajratib koʻrsatilgan. 
1. Dunyodagi eng og‗ir yuk hasad yukidir. Chunki hasadchi butun dunyodagi 
shod va quvnoq odamlarning qayg‗ularini o‗z ustiga yuklab yuradi. (Aristotel) 2. 
Boy insonlar pulni ko‗proq topish hamda jamlashni o‗ylasa, kambag‗al odamlar uni 
ko‗proq sarflashni o‗ylaydi. (Harv Eker) 3. Olimlar orasidagi hasad, ko„rolmaslik 
jamiyat uchun ofatdir. (T. Malik) 4. U martabaga erishgan paytida barcha yosh-u 
qarini(1) kasb va hunar(2) o‗rganishga da‘vat qildi. 
Teng bogʻlanishda nechta soʻzning oʻzaro bogʻlanayotgani muhim ahamiyatga 
ega emas. Ya‘ni ikkita soʻz ham, uchta soʻz ham yoki oʻnta soʻz ham oʻzaro teng 
bogʻlanib, bitta teng bogʻlanishni hosil qilishi mumkin. Solishtiring: 
1) Oʻquvchilar Navoiy va Bobur gʻazallarini yod oldilar.
2) Oʻquvchilar Navoiy, Bobur va Mashrab gʻazallarini yod oldilar.
3) Oʻquvchilar Navoiy, Bobur, Mashrab va Ogahiy gʻazallarini yod oldilar.  
Birinchi gapda ikkita soʻz (Navoiy va Bobur), ikkinchi gapda uchta soʻz 
(Navoiy, Bobur va Mashrab), uchinchi gapda toʻrtta soʻz (Navoiy, Bobur, Mashrab 
va Ogahiy) oʻzaro teng bogʻlanib, bitta teng bogʻlanishni, ya‘ni soʻz qoʻshilmasini 
hosil qilgan. Chunki bu gaplardagi teng bogʻlangan soʻzlar nechta boʻlishidan qat‘i 
nazar bitta sanash ohangi bilan talaffuz qilinadi. 
Bundan koʻrinadiki, bir sanash ohangi bilan talaffuz qilinuvchi soʻzlar bitta 
teng bogʻlanishni, soʻz qoʻshilmasini hosil qiladi. Bunda nechta soʻzning oʻzaro teng 
bogʻlanayotganligi va bir sanash ohangi ichida nechta soʻz sanalishining farqi yoʻq. 
Oʻquvchilar Navoiy, Bobur va Mashrabning gʻazal hamda ruboiylarini yod 
oldilar gapida esa ikkita teng bogʻlanish, ya‘ni ikkita soʻz qoʻshilmasi mavjud. 
Chunki Navoiy, Bobur va Mashrabning soʻzlari bitta sanash ohangi bilan talaffuz 
qilinsa, gʻazal hamd ruboiylarini soʻzlari alohida yana bir sanash ohangi bilan 
talaffuz qilinadi. 
TOBE BOGʻLANISH 
Bir mustaqil so‗z boshqa mustaqil so‗zni izohlaydigan bog‗lanish tobe 
bog„lanish deyiladi. Masalan: chiroyli gul, qiziqarli kitob, baland bino, uyga bormoq, 
u keldi. 
Tobe bogʻlanishda bir so‗z boshqa so‗zga kelishik, egalik, shaxs-son, kesimlik 
qo‗shimchalari, ko‗makchilar, so‗z tartibi va ohang (tobelashtiruvchi ohang) 
yordamida tobelanib bogʻlanadi. 
So‗zlarning tobe bog‗lanishi natijasida ikki xil sintaktik birlik vujudga keladi: 


202 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling