Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


TAQLID SO„ZLARNING TUZILISHI


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   310
TAQLID SO„ZLARNING TUZILISHI
VA IMLOSI 
Taqlid soʻzlar tuzilishiga koʻra ikki turga boʻlinadi: 1) sodda taqlid soʻzlar; 2) 
takror taqlid soʻzlar. 
Bir asosdan iborat taqlid soʻzlar sodda taqlid soʻzlar hisoblanadi. Masalan: 
ship, yalt, yarq, tars, qars. 
 
Asos qismning aynan takrorlanishidan yoki ayrim tovush o‗zgarishi bilan 
takrorlanishidan hosil bo‗lgan taqlid so‗zlar takroriy taqlid so„zlar sanaladi. Masalan: 
ship-ship, yilt-yilt, gumbur-gumbur, gurs-gurs, chars-churs, taq-tuq, yarq-yurq. 
Takroriy taqlid so‗zlar qismlari chiziqcha bilan ajratib yoziladi. 
TAQLID SOʻZLARNING GRAMMATIK XUSUSIYATLARI 
Taqlid soʻzlar gapda boshqa soʻzlar bilan grammatik aloqaga kirishadi va gap 
boʻlaklari vazifasini bajara oladi. Ularning sintaktik vazifalarini quyidagi jadvalda 
koʻrishimiz mumkin: 
Taqlid soʻzlarning sintaktik vazifalari 
№ 
Vazifasi 
Misollar 

Otga bogʻlanganda 
sifatlovchi aniqlovchi 
Shunday bo‗lsa ham, vujudini tutgan qalt-qalt 
titroqni bosib hazilomuz qichqirdi. 

Fe‘lga bogʻlanganda ravish 
holi 
Dildorning yuragi duk-duk urardi. 

Gap oxirida kelganda ot-
kesim 
Osmonda yulduzlar gʻuj-gʻuj
Ba‘zan taqlid soʻz bogʻlangan ot tushib qolib, uning ma‘nosi, vazifasi va 
qoʻshimchalari taqlid soʻzga oʻtadi. Bunday holatlarda taqlid soʻzlar otlashadi. 
Masalan: Tun sukunatini ot tuyoqlarining dupur-dupur ovozi buzdi. / Tun sukutini ot 
tuyoqlarining dupur-dupuri buzdi. Bir mahal shamolda ochilib ketgan derazaning 


195 
qars-qurs ovozidan uygʻonib ketdim. / Bir mahal shamolda ochilib ketgan derazaning 
qars-qursidan uygʻonib ketdim. 
 
Taqlid soʻzlar ham yasalmaydi. Biroq taqlid soʻzlarga qoʻshimcha yoki soʻz 
qoʻshilib, boshqa turkumlar yasaladi. Masalan: sharshara, qahqaha, qarsak (taqlid 
soʻzlardan yasalgan otlar), taqillamoq, qarsillamoq, jizillamoq, gumburlamoq, 
shildiramoq (taqlid soʻzlardan yasalgan sodda yasama fe‘llar), taq etmoq, qars etmoq, 
gumbur etmoq (taqlid soʻzlardan yasalgan qoʻshma fe‘llar) 
Sodda yasama ot va fe‘llar, shuningdek, qoʻshma fe‘llar tarkibida yasashga 
asos qism boʻlgan taqlid soʻzlar alohida soʻz sifatida ajratilmaydi. Masalan: 
Qo„qqisdan o„rmon kaptarlari g‘uv-g‘uvlab qolishibdi gapida taqlid soʻz yoʻq, gʻuv-
gʻuvlab esa sodda yasama fe‘ldir. Ali Qushchi hovliga chiqishi bilan o„ng qo„ldagi 
binodan kimdir lip etib chiqib, yo„lini to„sdi gapida ham taqlid soʻz mavjud emas, lip 
etib esa qoʻshma fe‘l boʻlib, uning tarkibidagi lip alohida taqlid soʻz deb qaralmaydi. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling