Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


-misol. His-hayajon undovlari ajratib koʻrsatilgan.  1. Oh


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   310
2-misol. His-hayajon undovlari ajratib koʻrsatilgan. 
1. Oh, qanday go‗zal bu olam! 2. Uf!.. – dedi Xatira xola. (Abbos Muhiddin) 3. 
Iye, butun boshli bir odam tirilib keladi-yu, ovoragarchiligi bormi? (Uyg„un) 4. 
Voyey, bolam boyaqish-ey. (Parda Tursun) 5. E-e, yeb bo‗pti, Ko‗kyol deydilar uni! 
– dedi Isoy bobo kuyib-pishib. (N. Fozilov) 6. Voybo„, – deb yubordi u. – Yerimiz 
muncha chiroyli! Globusning o‗zginasi-ya! (A. Bo„riboyev) 7. O, muazzam Enasoy 
daryosi! (Ch. Aytmatov) 8. Oh, bizning odamlar, dilkash odamlar ... (S. Zunnunova) 
9. Uf, chanqadim-ey, munchayam kun isib ketdi. (Oybek) 10. Oho, gapda sizga hech 
kim yetolmaydi... (Oybek) 11. Oh, shu chog‗da uning qoramtir yuziga boqsangiz... 
(Mirtemir) 12. Voy, men yanglishtirganim yo‗q! (Abdulla Qahhor) 13. Voy, g‗alati 
gapni gapirasiz-a, domlasi, ona o‗z bolasiga yomonlikni ravo ko‗radimi!.. (Abdulla 
Qahhor) 14. O„ho„!.. Polvon qiz bo‗ladiganga o‗xshaydi-ku! (Abdulla Qahhor) 
BUYRUQ-XITOB UNDOVLARI 
Kishilar diqqatini tortish, jonivorlarni haydash, chaqirish va to‗xtatish uchun 
qo‗llaniladigan undovlar buyruq-xitob undovlari hisoblanadi. Masalan: ey, hoy, hey, 
xoʻsh, tss, drr, chip-chip, kisht. 
3-misol. Buyruq-xitob undovlari ajratib koʻrsatilgan. 
1. Hey, menga qara, Gulchehra, – dedi u. (O. Yoqubov) 2. Tss, – dedi Sayyora 
barmog‗ini labiga qo‗yib. (O„. Umarbekov) 3. Chu, jonivor! (Hamid G„ulom) 4. 
Hammasi o‗tkinchi, xo„sh, nima o‗tmas? (M. Toirov) 5. Ey qotil, nega shunday katta 
azim terakni nobud qilding? («El desa Navoiyni» kitobidan) 6. – Hoy, aylanay, 
o‗g‗rigina bolam, boshimda shunday musibat turganda ko‗zimga uyqu keladimi? 
(G„afur G„ulom) 7. Ey Luqmoni Hakim, sening Dong‗ing tutdi olamni. (Mirmuhsin) 
8. Hay usta, – dedi Ma‘suma beka, – shu payt bu chiziqlaringiz kimning qulog‗iga 
kiradi! (Mirmuhsin) 
Kundalik hayotimizda ishlatilishi odat tusiga kirgan assalom-u alaykum, salom, 
xayr, rahmat, qani, marhamat, balli, barakalla, ofarin, tasanno, hormang, bor 
boʻling, xush kelibsiz kabi soʻz va birikmalar ham undov soʻzlar sanaladi. 
Undov soʻzlar odatda boshqa soʻzlarga bogʻlanmaydi. Ba‘zan undov soʻzlar 
otlashib kelishi mumkin, otlashganda egalik, kelishik va koʻplik shakllarini oladi va 
ot bajargan vazifalarni bajaradi. Masalan: Ohlarim yetgaymikin senga borib; Dod-
voyingni yigʻishtir. 


193 
Undov soʻzlar yasalmaydi. Ammo undov soʻzlardan boshqa turkumga mansub 
soʻzlar, xususan, fe‘llar yasalishi mumkin: dodlamoq, ohlamoq, voyvoylamoq, dod 
solmoq, oh urmoq, oh tortmoq kabi. Bunday fe‘llar tarkibidagi undovlar alohida soʻz 
sifatida ajratilmaydi. Masalan: Bolakay qoʻrqib ketganidan chinqirib dod soldi 
gapida undov soʻz mavjud emas, dod soldi esa qoʻshma fe‘l boʻlib, uning tarkibidagi 
dod undovi alohida ajratilmaydi. 
Undov soʻzlar soʻzlashuv, badiiy va publitsistik uslubda keng qoʻllanilib, 
rasmiy va ilmiy uslublarda qoʻllanilish doirasi cheklangan. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling