Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   310
SOʻROQ OLMOSHLARI 
Shaxs, narsa-hodisa, belgi-xususiyat, miqdor, sabab, maqsad, o‗rin, payt haqida 
so‗roqni bildiruvchi olmoshlar so„roq olmoshlari sanaladi. 
Soʻroq olmoshlari 
№ 
Soʻroq turlari 
Olmoshlar 

Shaxs soʻrogʻi 
kim? 

Narsa soʻrogʻi 
nima? 

Belgi-xususiyat 
soʻroqlari 
qanday? qanaqa? qaysi? 

Miqdor soʻroqlari 
qancha? nechta? necha? 

Tartib soʻrogʻi 
nechanchi? 

Payt soʻrogʻi 
qachon? 

Oʻrin-joy soʻroqlari 
qayer (-ga, -da, -dan)? 
qani? 

Sabab-maqsad soʻrogʻi 
nega? 
So‗roq olmoshlari ishtirok etgan gaplar so‗roq gap hisoblanadi. Bunday gaplar 
so‗roq ohangi bilan talaffuz qilinadi va yozuvda gap oxiriga so‗roq belgisi qo‗yiladi: 
Siz qaysi kitoblarni o„qigansiz? 
Soʻroq olmoshlari qaysi gap boʻlagining soʻrogʻini bildirsa, oʻzi ham oʻsha gap 
boʻlagi vazifasini bajaradi. Masalan, kim? soʻroq olmoshi eganing soʻrogʻini 
bildirgani uchun gapda oʻzi ham ega boʻlib keladi (Kim darsda qatnashmagan edi?) 
yoki qaysi? olmoshi sifatlovchi aniqlovchining soʻrogʻi boʻlgani uchun oʻzi ham 
sifatlovchi aniqlovchi (Qaysi rangni yoqtirasiz?); nega? olmoshi sabab holining 
soʻrogʻi boʻlgani tufayli oʻzi ham gapda sabab holi vazifasini bajaradi (Nega 
topshiriqni vaqtida bajarmadingiz?
Soʻroq olmoshiga qoʻshilgan tushum kelishigi shakli -ni ba‘zan belgisiz 
qoʻllanilishi mumkin. Masalan: Bu kitobni tugatgandan soʻng nimani oʻqiymiz – 
nima oʻqiymiz. 
Qani soʻroq olmoshi va qani undov soʻzini bir-biridan farqlash lozim. 
1) Qani soʻzi soʻroq ma`nosini ifodalasa, soʻroq olmoshi hisoblanadi. Masalan: 
Sumkam qani? 
2) Qani soʻzi iltifot, mulozamat, taklif, undash ma‘nolarini bildirsa, undov soʻz 
sanaladi. Masalan: Qani, mehmon, ichkariga marhamat. 
6-misol. Soʻroq olmoshlarining tagiga chizilgan. 
1. Nega uni otdami, aravadami eltib qo‗ymadi? (Abdulla Qahhor) 2. 
Mukarrama, ular kim ekan? 3. Kechagi gaplardan keyin qaysi yuzi bilan boradi? 
(Asqad Muxtor) 4. Nima ishlari bor ekan? – so‗radi Zulayho xola. (G„afur G„ulom) 5. 
Xudoyo, tavba qildim, bu qanday kun? Yo qudratingdan, bu qanday odam? (Abdulla 
Qahhor) 6. Nega muncha g‗amgin nayning navosi, nega qalbim to‗la o‗kinch va 
malol? (A. Oripov) 7. – Kimga sovg‗a qilmoqchisiz, yoshi nechada? – dedim. – 
Onamga, tug‗ilgan kuniga sovg‗a qilmoqchi edim. (A‟zam Ismoil) 8. Ilm va odob – 


161 
tagi yo‗q xazina. Kimki unga ega bo‗lsa, qadr-u qiymati baland bo‗ladi. («Otalar 
so„zi») 9. – Qanaqa o‗rik? – Erkin aka yelkasini qisib qo‗ydi-da, nari ketdi. (O„. 
Hoshimov) 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling