Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   310
 
 


159 
OʻZLIK OLMOSHI 
Kishilik olmoshlari o‗rnida qo‗llanilib, ko‗pincha shaxsni, ba‘zan predmetni 
ko‗rsatuvchi o„z so‗zi o„zlik olmoshi sanaladi. 
Oʻzlik olmoshining kishilik olmoshlari bilan ma‟nodoshligi va 
ular oʻrnida qoʻllanilishi 
Shaxs 
Birlik 
Koʻplik 

Men – oʻzim 
Biz – oʻzimiz 
II 
Sen – oʻzing 
Siz – oʻzingiz 
III 
U – oʻzi 
Ular – oʻzlari 
O„zim, o„zing, o„zi so‗zlari ba‘zan egalik qo‗shimchalariga mos kishilik 
olmoshlari bilan mening o„zim, sening o„zing, sen o„zing, uning o„zi, u o„zi tarzida 
qo‗llanadi va bu vaqtda ko‗pincha kishilik olmoshlariga ta‘kid ma‘nosi yuklanadi. 
Oʻzlik olmoshi ibora tarkibida kelganda uni kishilik olmoshi bilan almashtirib 
boʻlmaydi va alohida olmosh hisoblanmaydi. Masalan: U biroz oʻziga kelgach, 
voqeaning butun dahshatini his qildi gapida ikkita olmosh mavjud: u va butun
Oʻziga soʻzi esa alohida olmosh sifatida ajratilmaydi, chunki u oʻziga kelmoq 
iborasining tarkibiy qismi hisoblanadi. 
Oʻzlik olmoshiga qoʻshilgan qaratqich kelishigi shakli -ning ba‘zan belgisiz 
qoʻllanilishi mumkin. Masalan: Oʻzingning uying – oʻlan toʻshaging. / Oʻz uying – 
oʻlan toʻshaging. Bunda qaratqich kelishigi shakli bilan birga egalik qoʻshimchasi 
ham tushiriladi. 
Oʻz-oʻzidan, oʻzidan oʻzi kabi soʻzlar oʻzlik olmoshidan ravishga koʻchgan. Bu 
soʻzlar ba‘zan oʻzlik olmoshi, ba‘zan ravish hisoblanadi va quyidagicha farqlanadi: 
1) Agar oʻz-oʻzidan, oʻzidan oʻzi soʻzlari «kimdan?», «nimadan?» kabi 
soʻroqlarga javob boʻlsa hamda shaxs va narsa ma‘nosini ifodalasa, oʻzlik olmoshi 
hisoblanadi. Masalan: Shokirjon oʻz-oʻzidan uyalib ketdi. (Shokirjon kimdan uyalib 
ketdi? – oʻz-oʻzidan) 
2) Agar oʻz-oʻzidan, oʻzidan oʻzi soʻzlari «qanday?», «qay tarzda?» 
soʻroqlariga javob boʻlsa va kutilmaganlik ma‘nosini ifodalab, toʻsatdan, qoʻqqisdan 
soʻzlari bilan almasha olsa, ravish hisoblanadi. Masalan: Adirlik yonbagʻrida turgan 
mashina oʻz-oʻzidan yurib ketdi. – Adirlik yonbagʻrida turgan mashina qoʻqqisdan 
yurib ketdi. (Adirlik yonbagʻrida turgan mashina qay tarzda yurib ketdi? – oʻz-
oʻzidan (qoʻqqisdan) 
Oʻzicha soʻzi ham oʻzlik olmoshi emas, yasama ravish hisoblanadi: oʻzi + cha 
(ravish yasovchi qoʻshimcha). 
5-misol. Oʻzlik olmoshlarining tagiga chizilgan. 
1. O‗zining ovozi o‗ziga uzoqdan eshitilganday tuyuldi. (Abdulla Qahhor) 2. 
O‗zim ham hayronman. (Cho„lpon) 3. Qimirlamang, biroz o‗zingizga keling, – dedi 
yigit mehribonlik bilan, – uyingizga o‗zim kuzatib qo‗yaman. (S. Zunnunova) 4. Bu 
ishlarni qilgan o‗zi. (Cho„lpon) 


160 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling