Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
№ Koʻrsatish olmoshiga egalik
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
№
Koʻrsatish olmoshiga egalik qoʻshimchasining qoʻshilishi Koʻrsatish olmoshiga tushum kelishigining qoʻshilishi 1 shunisi → shu + i + si shuni → shu + ni 2 bunisi → bu + i + si buni → bu + ni 3 unisi → u + i + si uni → u + ni 4 oʻshanisi → oʻsha + i + si oʻshani → oʻsha + ni Izoh shu, bu, u, oʻsha olmoshlariga -i, -si egalik qoʻshimchalari ikki marta ketma-ket qoʻshilgan va bir «n» ortgan. shu, bu, u, oʻsha olmoshlariga -ni tushun kelishigi shakli qoʻshilgan va hech qanday fonetik hodisa kuzatilmagan. Shu payt, shu vaqt, shu lahza, shu on, shu kuni, shu dam, shu yerda, shu tobda, bu yoqqa, u yoqqa, bu yerda kabi soʻzlar yaxlit qoʻshma ravishlar sanaladi va ularning tarkibidagi olmoshlar alohida koʻrsatish olmoshi sifatida ajratilmaydi. Masalan: Shu payt uning xayoliga kutilmagan bir fikr keldi gapida faqat bitta olmosh mavjud: uning. Shu payt esa yaxlit qoʻshma ravish hisoblanadi. 2-misol. Koʻrsatish olmoshlarining tagiga chizilgan. 1. Bu cholni butun yurt izzat qilardi. (Said Ahmad) 2. Hovlini supurish, idish- tovoqlarni yuvish o‗shaning bo‗ynida. (X. To„xtaboyev) 3. Bu tushmi yo xayol, bu na turli kuy, Qayerdan bu qadar qushlar sayrashi? (Zulfiya) 4. Tog‗asining shu odati sabab o‗g‗li Haydar ham, qizi Tohira ham bu xonadondan bezib ketishdi. (O. Yoqubov) 5. G‗azab shunday bir daraxtki, mevasi pushaymonlikdan iborat. (Samandar Termiziy) 6. Dunyoda yagona tilagim shuki, Yaxshi nomingizga g‗ubor tushmasin. (Mirtemir) 3-misol. Koʻrsatish olmoshlarining tagiga chizilgan. 1. Siz bolalik qilib bunaqa xomxayollarga borib yurmang. (Abdulla Qahhor) 2. Men xalq oldida sizning iltimosingizga shunday javob bermoqqa majbur bo‗ldim. (Oybek) 3. U bunday jur‘atni va hayotiy tasavvurni eng avval ota-onasining muhabbatidan olishi kerak edi. (P. Qodirov) 4. – Bunaqa narsa menga ta‘sir qilmaydi, – dedi Mastura. (Abdulla Qahhor) 5. Shunaqa gaplardan qachon qutulamiz? (Abdulla Qahhor) 6. Kitobi bor uyning oftobi bor. Bunday uyning ostonasidan jaholat hatlamaydi. (Qo„chqor Norqobil) Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling