Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   310
1-misol.
1. Qizchaga biror narsa bo‗lganini payqagan Alisher bor kuchi bilan unga 
qarab yugurdi.
(L. Bat) 2. Men Navoiy asarlarini sevib oʻqiyman, ulardan ulkan ibrat olasiz. 3. 
Asosiy maqsadim shukioʻz soham boʻyicha yetuk mutaxassis boʻlmoqchiman
Olmoshning ma‟no turlari 
№ 
Turlari 
Olmoshlar 

Kishilik olmoshlari
men, sen, u; biz, siz (sizlar), ular 

O‗zlik olmoshi
o„z 

Ko‗rsatish olmoshlari
bu, shu, u, o„sha, ana, mana, mana bu, mana shu, 
manavi, anovi 

So‗roq olmoshlari
kim? nima? qayer? qanaqa? qaysi? qalay? qancha? 
necha? nega? 

Belgilash olmoshlari
hamma, barcha, bari, har bir, har nima, har narsa, har 
qanday, har qaysi, ba‟zi 

Bo‗lishsizlik 
olmoshlari
hech kim, hech narsa, hech qachon, hech qanaqa, hech 
qaysi 

Gumon olmoshlari
kimdir, nimadir, allakim, allaqanday, qaysidir, 
allanarsa, allaqancha, allaqaysi 
 
KO„RSATISH OLMOSHLARI 
 
 
Oldingi gap, gapdagi biron-bir so‗z, so‗z birikmasi o‗rnida qo‗llanib, unga 
ishora qiluvchi yoki biror so‗zni aniqlab keluvchi olmoshlar ko„rsatish olmoshlari 
hisoblanadi. 
So‗z ma‘nosini aniqlab keluvchi olmoshlar o‗zi aniqlayotgan so‗zdan oldin 
qo‗llanadi. Masalan: Bu daftar meniki.
Bu, shu, u, o„sha, ana, mana, ushbu, mazkur, ayni, mana bu, mana shu, ana bu, 
ana shu, manavi, anovi kabi so‗zlar ko‗rsatish olmoshlari sanaladi. 
 


156 
 
Koʻrsatish olmoshlari, asosan, ot oldidan kelib, «qaysi?» soʻrogʻiga javob 
boʻlsa, soʻz ma‘nosini aniqlab keladi. Masalan: Bu kishi mening akam. Oʻsha voqeani 
bir boshidan aytib bering. 
Agar koʻrsatish olmoshlari «kim?» yoki «nima?» soʻrogʻiga javob boʻlsa, soʻz 
ma‘nosini aniqlagan emas, ishora qilgan boʻladi. Masalan: Bu – mening akam. 
Oʻshani bir boshidan aytib bering.
Yozuvda mana bu, mana shu, ana bu, ana shu olmoshlari ajratib yoziladi. 
Ba‘zan bu olmoshlar og‗zaki nutqda manovi, anovi tarzida talaffuz qilinishi va 
shunday yozilishi mumkin.
Ba‘zi ko‗rsatish olmoshlariga egalik va jo‗nalish, 
o‗rin-payt, chiqish kelishigi qo‗shimchalari qo‗shilganda, «n» tovushi orttiriladi: 
shu+n+ga, bu+n+da, bu+n+ im, o„sha+n+ga kabi. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling