153
ichdim gapida sanoq son va sanaladigan narsa oʻrtasida kelgan piyola soʻzi hisob soʻz
sanaladi, ammo bu soʻz alohida kelganda hisob ma‘nosini
bildirmaydi, balki choy
quyib ichiladigan predmet ma‘nosini ifodalaydi. E‘tibor bering:
Uch arava koʻmir olib keldik. Bu yerda arava soʻzi matn ichida sanoq son (uch)
va sanaladigan narsa (koʻmir) oʻrtasida kelganligi uchun hisob soʻz sanaladi.
Arava – bu yerda ushbu soʻz alohida olinganda hisob ma‘nosini bildirmay,
ulov ma‘nosini ifodalaydi.
Matndagi hisob soʻzlarning hisob soʻz boʻlib kelayotganligini yoki oʻz
ma‘nosini ifodalayotganligini farqlash kerak. Agar soʻz
sanoq son va sanaladigan
narsa oʻrtasida kelib, oʻlchovni bildirsa, hisob soʻz sanaladi, ammo oʻsha soʻzdan
keyin sanaladigan narsa nomi kelmasa va hisob ma‘nosini bildirmasa, hisob soʻz
emas deb qaraladi.
Quyidagi jadvalga e‘tibor qiling:
Hisob soʻzlar ifodalaydigan ma‘nosiga koʻra ham ikki turga boʻlinadi:
1) Butunning, guruhning yoki toʻdaning qismini bildiruvchi hisob soʻzlar:
burda, parcha, ogʻiz, luqma, tilim, chimdim, qultum, tomchi, toʻgram kabi.
Masalan,
Bir tilim qovun yedim gapida
tilim soʻzi qovunning bir qismini
ifodalamoqda, ya‘ni qovun – butun, tilim – qism.
Do'stlaringiz bilan baham: