152
TARTIB SONLAR
Narsalarning ketma-ketlik tartibini bildiradigan sonlar
tartib sonlar deyiladi. U
-(i)nchi qo‗shimchasi yordamida yasaladi.
Tartib sonlar arab raqami bilan
yozilganda,
-(i)nchi qo‗shimchasi o‗rnida arab
raqamidan so‗ng chiziqcha yoziladi:
9-sinf, 30-dekabr. Tartib sonlar rim raqamlari
bilan ifodalanganda, chiziqcha qo‗yilmaydi.
14-misol.
Birinchi, ikkinchi, uchinchi, oltinchi, yettinchi, o‗ninchi.
HISOB SOʻZLAR
Sanoq son bilan sanaladigan narsalarni ifodalovchi so‗z o‗rtasida qo‗llanilib,
bu narsaning o‗lchovini bildiradigan so‗zlar
hisob so„zlari hisoblanadi. Masalan:
uch
etak paxta. Bunda
uch –
sanoq son,
paxta –
sanaladigan narsa, ularning oʻrtasida
kelgan
etak – hisob soʻz.
15-misol.
Bir hovuch suv, ikki qop un, bir xalta turshak, uch etak paxta, o‗n chelak suv,
bir savat non, besh chelak olma, o‗n litr benzin, yuz gramm shakar, o‗n metr atlas.
Hisob soʻzlar ikki turga boʻlinadi:
1) Sof hisob soʻzlar.
Bunday hisob soʻzlar faqat hisob-oʻlchov ma‘nosini bildiradi
va alohida hech
qanday ma‘noga ega emas. Sof hisob soʻzlar matn tarkibida ham, alohida olinganda
ham doimo hisob soʻz ma‘nosini ifodalaydi. Masalan,
kilogramm soʻzi matn tarkibida
kelganda ham (
Ikki kilogram goʻsht oldim kabi), alohida olinganda ham (
kilogramm
kabi) faqat bir ma‘noni – ogʻirlik ma‘nosinigina
ifodalaydi, uning boshqa ma‘nosi
yoʻq, shuning uchun sof hisob soʻzdir.
Quyidagi jadvalda sof hisob soʻzlarning ayrimlari keltirilgan.
№ Oʻlchov turlari
Oʻlchov birliklari
Tarixiy oʻlchov birliklari
Do'stlaringiz bilan baham: