Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   310
 
JAMLOVCHI SON 
Narsalarning miqdorini jamlab ko‗rsatadigan sonlar jamlovchi sonlar deyiladi. 
Ular -ov, -ala, -ovlon kabi qo‗shimchalar yordamida hosil qilinadi. 
-ov, -ala qo‗shimchalari faqat ikkidan o‗ngacha bo‗lgan sonlarga qo‗shilib, 
jamlik ma‘nosini ifodalaydi. Bu qo‗shimchalar unli bilan tugagan ikki, olti, yetti kabi 
sanoq sonlarga qo‗shilganda, asos qismdagi i unlisi tushib qoladi: ikki + ala = ikkala, 
olti + ov = oltov, yetti + ovlon = yettovlon. 
8-misol. 
Uchovi, toʻrtovi, beshalasi, oltovlon, yettovlon. 
 
Bir sonidan jamlovchi son hosil qilib boʻlmaydi. Bir soʻziga -ov qoʻshimchasi 
qoʻshilib, «kimdir» degan ma‘noda qoʻllanadigan birov soʻzi son ma‘nosini yoʻqotib, 
olmosh turkumiga oʻtgan. 
Jamlovchi sonlar koʻpincha egalik, kelishik va koʻplik qoʻshimchalarini qabul 
qiladi. Bunday holatda ular otlashadi. Masalan: Ikkalang birga borasan. Beshalasi 
ham shu fikrni ma‟qullashdi. 
Shundan kelib chiqib, quyidagi ikki holatda jamlovchi sonlarni otlashgan 
deyish mumkin: 
1) Egalik, kelishik va koʻplik qoʻshimchalarini qabul qilgan boʻlsa. Masalan: 
Uchoving shu yerda kutasan. Qizigʻi shundaki, ikkalasining ham fikri bir joydan 
chiqdi. Toʻrtovlaring darsdan keyin oldimga kirasan.  
2) Jamlovchi son otning «kim?», «nima?» kabi soʻroqlariga javob boʻlsa. 
Masalan: Toʻrtovlon tugal boʻlsa, koʻkdagini indirar, oltovlon ola boʻlsa, ogʻzidagin 
oldirar. (Kim tugal boʻlsa? – Toʻrtovlon.) 
9-misol. Jamlovchi sonlarning tagiga chizilgan. 
1. Ikkalamiz tepalik orqasiga o‗tib qarasak, bir chuqurga tushib qolgan 
To‗rtko‗z badanidan qon oqib ingrab yotibdi. (G„ayratiy) 2. Umidjon jon holatda 
ikkala qo‗li bilan boshini ushlab: «Yo‗q, kerak emas, podshoh bo‗lmayman», deya 
qichqirib yubordi. (N. Aminov) 3. Har uchala mehmon: «Biz, farosatsizlarni 


151 
kechiring, otaxon», deya mezbonning oyog‗iga yiqilishdi. (N. Aminov). 4. Ikkovlon 
dalaning poynagiga qarab yurdilar. (G‗afur G‗ulom) 
TAQSIM SON 
Narsalarning miqdorini taqsimlab ko‗rsatadigan sonlarga taqsim son deyiladi. 
Ular -tadan qo‗shimchasi yordamida hosil qilinadi.
Shuningdek, dona sonni takrorlash orqali ham taqsim son ma‘nosini ifodalash 
mumkin. Masalan: Har biriga beshta-beshta shirinlik berdim. – Har biriga 
beshtadan shirinlik berdim. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling