Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   310
TAKRORIY SONLAR 
Bir sonni aynan takrorlashdan hosil boʻlgan sonlar takroriy sonlar deyiladi. 
Masalan: ikkita-ikkita, beshta-beshta, oʻnta-oʻnta, yuzta-yuzta. 
Dona sonlar takrorlanganda taqsim ma‘nosini ifodalaydi. Masalan: ikkita-ikkita 
– ikkitadan. 
 
SONLARNING OTLASHUVI 
Sifatlarda boʻlgani kabi ba‘zan son bogʻlanib kelgan ot tushib qoladi va tushib 
qolgan otning ma‘nosi, vazifasi hamda qoʻshimchalari songa oʻtadi, bunday holatda 
sonlar otlashadi va ot kabi xususiyatlarga ega boʻladi. Masalan:
1) Ikkala kishi ham shu fikrni aytishdi. – Ikkalasi ham shu fikrni aytishdi. 
 
2) Oʻninchi mayda biznikida toʻy boʻladi. – Oʻninchida biznikida toʻy boʻladi.
 
3) Bir daraxtni kessang, oʻn daraxtni ek. – Birni kessang, oʻnni ek. 
 
4) Yetti marta oʻlchab, bir marta kes. – Yetti oʻlchab, bir kes. 
 
5) Toʻqqiz yoshida boʻlmagan aql toʻqson yoshida ham boʻlmas. – Toʻqqizida 
boʻlmagan aql toʻqsonida ham boʻlmas. 
Otga xos boʻlgan egalik, kelishik, koʻplik qoʻshimchalarini olgan yoki otning 
«kim?», «nima?» kabi soʻroqlariga javob boʻlgan har qanday son otlashgan 
hisoblanadi. 
Masalan: Qizigʻi shundaki, ikkalasining ham fikri bir joydan chiqdi. Toʻrtovlon 
tugal boʻlsa, koʻkdagini indirar, oltovlon ola boʻlsa, ogʻzidagin oldirar. (Kim tugal 
boʻlsa? – Toʻrtovlon.) 


155 
 
OLMOSH 
Barcha mustaqil so‗z turkumlari, so‗z birikmasi va gap o‗rnida almashinib 
qo‗llaniluvchi, ularga ishora qiluvchi yoki so‗roq bildiruvchi so‗zlar olmosh 
hisoblanadi. Masalan: Kitobni ko„p o„qisangiz, undan ko„p hikmat topasiz. Istagim 
shuki, doimo tinchlik bo„lsin.
Birinchi gapda undan olmoshi kitob so‗zi (ot) o‗rnida, ikkinchi gapda shuki 
olmoshi doimo tinchlik bo„lsin gapi o‗rnida qo‗llanilgan. 
Olmoshlarning aniq atash ma‘nosi bo‗lmaydi. Uning qaysi ma‘noda 
kelayotgani matnda qaysi so‗z yoki gap o‗rnida almashinib kelishiga qarab 
belgilanadi. Ya‘ni olmosh ot oʻrnida kelsa otning, sifat oʻrnida kelsa sifatning, fe‘l 
oʻrnida kelsa fe‘lning ma‘nosini bildiradi. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling