Koʻrsatish olmoshlarida kuzatiladigan fonetik hodisalar
№
Izoh
Misollar
1
Kelishik qoʻshimchalari: -ga, -da, -dan
qoʻshilganda tovush ortadi.
shu + ga = shunga, bu + da =
bunda,
oʻsha + dan =
oʻshandan
2
Egalik qoʻshimchalari qoʻshilganda tovush
ortadi.
Koʻrsatish olmoshlariga III shaxs egalik
qoʻshimchalari -i, -si ikki marta ketma-ket
qoʻshiladi.
shu + im = shunim, bu + ing =
buning, shu + i + si = shunisi,
bu + i + si = bunisi
3
-day, -aqa, -cha qoʻshimchalari qoʻshilganda
tovush ortadi.
shu + day = shunday, bu + aqa
= bunaqa, oʻsha + cha =
oʻshancha
Koʻrsatish olmoshlariga egalik qoʻshimchalarining qoʻshilishini kelishik
qoʻshimchalarining qoʻshilishidan farqlash kerak. Chunki egalik qoʻshimchalari
qoʻshilganda bir «n» tovushi ortadi va shaklan kelishik qoʻshimchalari qoʻshilganga
oʻxshash boʻlib qoladi. Masalan: bu + ing = buning, bu + ning = buning.
Bu holat quyidagicha farqlanadi:
1) Agar buning (uning, shuning, oʻshaning) soʻzidan oldin qaratqich
kelishigidagi biror soʻz kelsa, bu (u, shu, oʻsha) olmoshiga -ing egalik qoʻshimchasi
qoʻshilgan va bir «n» ortgan hisoblanadi. Masalan: Sening buning hammani bezovta
qilayotganmish.
2) Agar buning (uning, shuning, oʻshaning) soʻzidan keyin egalik
qoʻshimchasini olgan biror soʻz kelsa, bu (u, shu, oʻsha) olmoshiga -ning qaratqich
kelishigi qoʻshimchasi qoʻshilgan boʻladi va bunda hech qanday tovush ortishi
kuzatilmaydi. Masalan: Buning jazosini oʻzimiz beramiz.
Koʻrsatish olmoshlariga III shaxs egalik qoʻshimchalari -i, -si ikki marta
ketma-ket qoʻshiladi va bir «n» tovushi ortadi: shu + i + si = shunisi, bu + i + si =
bunisi kabi. Bu holatni tushum kelishigi qoʻshilishidan farqlash lozim.
Solishtiring:
157
Do'stlaringiz bilan baham: |