Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
SIFATLARNING OTLASHUVI
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
145 SIFATLARNING OTLASHUVI Sifat bog‗lanib kelgan ot ba‘zan gapda tushib qoladi. Bunday vaqtda uning ma‘nosi ham sifatga yuklanadi. Natijada sifat otlashib, egalik, kelishik, ko‗plik qo‗shimchalari bilan o‗zgarish xususiyatiga ega bo‗ladi va ot bajargan sintaktik vazifalarda keladi. 21-misol. 1. Yaxshidan bog‗ qoladi, yomondan – dog‗. / Yaxshi odamdan bogʻ qoladi, yomon odamdan – dogʻ. (Maqol) 2. Ilg‗orlarga mukofotlar topshirildi. / Ilgʻor ishchilarga mukofotlar topshirildi. Sifat koʻpincha otga bogʻlanib, undan oldin keladi va oʻzidan keyin kelayotgan otning turli belgisini bildiradi. Masalan: Sinfimizda bilimdon oʻquvchilar koʻp. Ushbu gapda bilimdon sifati oʻquvchilar otidan oldin kelib, uning xususiyat belgisini bildirmoqda (qanday oʻquvchilar? – bilimdon oʻquvchilar). Ba‘zan nutqiy ixchamlikka erishish maqsadida sifat bogʻlangan, undan keyin kelayotgan ot tushirib qoldiriladi va tushib qolgan otning ma‘nosi, qoʻshimchasi va vazifasi sifatga oʻtadi. Masalan: Sinfimizda bilimdon oʻquvchilar koʻp. / Sinfimizda bilimdonlar koʻp. Bunda bilimdon sifatidan keyin kelgan oʻquvchilar oti nutqda tushib qolib, uning barcha xususiyatlari sifatga oʻtmoqda. Bunday hodisa sifatlarning otlashuvi deyiladi. Sifatlar otlashganda quyidagi holatlar yuz beradi: 1) Otlashgan sifat deyilganda oʻzi sifat boʻlsa-da, otning ma‘nosini bildirgan va otning vazifasini bajargan sifatlar tushuniladi. Ya‘ni sifat otlashganda ot turkumiga oʻtib ketmaydi, sifatligicha qolaveradi, faqat otlashgan sifatlar sifatning ma‘no va vazifasini emas, otning ma‘no-vazifasini bajaradi. Masalan: Keksa kishilar katta hayotiy tajribaga ega bo„ladilar gapida keksa sifat, Keksalar katta hayotiy tajribaga ega bo„ladilar gapida ham keksa sifat. 2) Sifat otlashganda oʻzidan keyin kelgan va nutqda tushib qolgan otning ma‘nosini ifodalaydi. Masalan: Keksa kishilar katta hayotiy tajribaga ega bo„ladilar gapida keksa sifati «qanday?» degan soʻroqqa javob boʻlib belgi ma‘nosini, ya‘ni sifatning oʻz ma‘nosini bildirgan: qanday kishilar? – keksa kishilar. Keksalar katta hayotiy tajribaga ega bo„ladilar gapida esa keksa sifati otlashib, tushib qolgan otning shaxs ma‘nosini oʻziga qabul qilgan va «kimlar» soʻrogʻiga javob boʻlgan. Umuman, sifat otlashganda oʻzining asl soʻroqlari – «qanday?», «qanaqa?» soʻroqlariga emas, otning soʻroqlari – «kim?», «nima?», «qayer?» soʻroqlariga javob boʻladi. 3) Sifat otlashganda tushib qolgan otning qoʻshimchalarini oʻziga qabul qiladi. Yuqoridagi gapda keksa sifati otlashib, tushib qolgan ot – kishilar soʻziga qoʻshilgan -lar qoʻshimchasini oʻziga qabul qilgan (keksalar tarzida). Umuman, agar sifatga otning qoʻshimchalari boʻlgan egalik, kelishik va koʻplik qoʻshimchalaridan birortasi qoʻshilgan boʻlsa, bunday sifatlar otlashgan sanaladi. 4) Sifat otlashganda tushib qolgan otning sintaktik vazifasi sifatga oʻtadi. Masalan: Keksa kishilar katta hayotiy tajribaga ega bo„ladilar gapida keksa soʻzi sifatlovchi aniqlovchi, kishilar soʻzi ega vazifasini bajargan boʻlsa, Keksalar katta 146 hayotiy tajribaga ega bo„ladilar gapida otlashgan keksalar soʻzi ega vazifasini bajargan. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling