Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


  Qizil + imtir = qizgʻimtir  2 ta: il qismining tushishi va gʻ ning ortishi  QIYOSIY DARAJA


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   310

Qizil + imtir = qizgʻimtir 
2 ta: il qismining tushishi va  ning ortishi 
QIYOSIY DARAJA 
Belgining me‘yordan biroz oz yoki ko‗p ekanligini qiyosan ifodalaydigan sifat 
shakli qiyosiy daraja shakli deyiladi. Qiyosiy daraja shakli -roq qo‗shimchasi 
yordamida yasaladi. 
17-misol. 
Mazaliroq, hashamatliroq, kaltaroq, balandroq, pastroq, ogʻirroq, qiyinroq, 
shirinroq. 
18- misol. Qiyosiy darajadagi sifatlarning tagiga chizilgan. 
1. Bo‗yi mendan kattarog‗-u, o‗zi sap-sariq. (O„. Hoshimov) 2. Aftidan, ovozim 
ham hozirgidan jarangdorroq edi, shekilli, ko‗pgina yig‗inlarda she‘r o‗qish menga 
topshirilar edi. (Turob To„la) 3. Bilmadim... oqshommi go‗zalroq, tongmi?!. Bir-
biridan go‗zal, bir-biridan fusunkor. (Oybek) 4. Tilimiz dag‗alroq, lekin juda boy
rangli, ohori to‗kilmagan ertak, doston va qo‗shiq ko‗p. (Mirtemir) 5. Uning nazarida 
bundan suyumliroq, bundan ham zavqliroq va shavqliroq ish yo‗q edi. (N. Fozilov) 
Sifat darajalarini hosil qiluvchi -(i)mtir, -ish, -roq qoʻshimchalari vazifasiga 
koʻra lugʻaviy shakl yasovchi qoʻshimchalar hisoblanadi. 
Ayrim holatlarda bir sifatga daraja hosil qiluvchi ikkita vosita bir paytda 
qoʻshilishi mumkin. Masalan:
1. Bu vazifa yanada qiyinroq edi. 2. Koʻldagi suv avvalgidan ham 
koʻkimtirroq koʻrinardi. 


143 
Birinchi gapdagi yanada qiyinroq birikmasida sifatga birdaniga ikkita daraja 
koʻrsatkichi: yanada (orttirma daraja) va -roq (qiyosiy daraja) qoʻshilgan. Ikkinchi 
gapdagi koʻkimtirroq sifatiga esa ikkita daraja qoʻshimchalari -imtir (ozaytirma 
daraja) va -roq (qiyosiy daraja) birvarakayiga qoʻshilgan. Bunday holatda sifatning 
qaysi darajada ekanligi quyidagicha aniqlanadi: 
1) Agar sifat oldidan daraja ifodalovchi soʻz keltirilib, undan soʻng daraja 
bildiruvchi qoʻshimcha qoʻshilsa, oldindagi soʻzga qarab daraja belgilanadi. 
Yuqoridagi yanada qiyinroq birikmasida yanada – daraja ifodalovchi soʻz, -roq – 
daraja ifodalovchi qoʻshimcha. Bunda oldindagi soʻz orttirma daraja vositasi 
boʻlganligi uchun yanada qiyinroq birikmasidagi sifat orttirma darajada deb qaraladi. 
2) Agar sifat asosiga ketma-ket ikki xil daraja qoʻshimchasi qoʻshilsa, soʻnggi 
qoʻshimchaga qarab daraja belgilanadi. Koʻkimtirroq sifatida asosga ozaytirma va 
qiyosiy daraja shakllari ketma-ket qoʻshilgan: koʻk + imtir + roq. Oxirgi qoʻshilgan 
qoʻshimcha qiyosiy daraja shakli boʻlganligi uchun bu sifat qiyosiy darajada 
hisoblanadi. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling