Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   310
ASLIY VA NISBIY SIFATLAR 
 
Belgini to‗g‗ridan to‗g‗ri ifodalaydigan va uni darajalab ko‗rsatish 
imkoniyatiga ega bo‗lgan sifatlar asliy sifatlar deyiladi: go„zal, chiroyli, shirin, oq, 
aqlli, yuzaki. Bunday sifatlar -roq qo‗shimchasini qabul qiladi. Belgini to‗g‗ridan 
to‗g‗ri emas, balki boshqa bir tushunchaga nisbatlagan holda ifodalaydigan va daraja 
ko‗rsatish imkoniyatiga ega bo‗lmagan sifatlar nisbiy sifatlar deyiladi: qishki, 
ko„chma, derazali, devoriy. Bunday sifatlar -roq qo‗shimchasini qabul qilmaydi. 
 
19-misol. 
Mazali, go‗zal, chiroyli, qora, qizil, qiyin, ogʻir – asliy sifatlar; ro‗molli, 
sermeva, erksevar, paxtali, tonggi, so‗nggi, kuzgi, chillaki – nisbiy sifatlar. 
Asliy va nisbiy sifatlar bir-biridan quyidagicha farqlanadi: 
1) Asliy sifatlar -roq qoʻshimchasini qabul qila oladi: qiyin – qiyinroq, aqlli – 
aqlliroq, katta – kattaroq. 
Nisbiy sifatlar esa -roq qoʻshimchasini qabul qila olmaydi: oilaviy – oilaviyroq 
deb boʻlmaydi, ogʻzaki – ogʻzakiroq deb boʻlmaydi. 
2) Asliy sifatlar barcha darajalarda qoʻllana oladi: qiyin – oddiy daraja, juda 
qiyin – orttirma daraja, biroz qiyin – ozaytirma daraja, qiyinroq – qiyosiy daraja. 
Nisbiy sifatlarning koʻpchiligi esa faqatgina oddiy darajada qoʻllana oladi: 
oilaviy – oddiy daraja, ammo juda oilaviy, sal oilaviy, oilaviyroq deb boʻlmaydi. 
3) Asliy sifatlar belgini hech narsaga nisbat bermasdan toʻgʻridan-toʻgʻri 
ifodalaydi: buyuk, qora, shirin. 
Nisbiy sifatlar esa belgini biror narsa-predmetga asoslanib, nisbatlab 
ifodalaydi: paxtali – paxtaga nisbat bergan, devoriy – devorga nisbat bergan, kuzgi – 
kuz (payt)ga nisbat bergan. 
20-misol. Asliy sifatlarning tagiga chizilgan, nisbiy sifatlar qora rangda 
berilgan. 
1. Hovlimizda ko‗cha eshikdan kiraverishda kichkina, g„ishtin uycha bor. (N. 
Toshev)


144 
2. Temur yuksak insoniylik xususiyatlariga ega bo‗lgan buyuk shaxs edi. (A. 
Ahmedov) 3. Uning jussasi kichkina bo‗lsa ham yuzlari jiddiy, boqishlari o‗tkir, 
ovozi esa jarangdor. (H. Akbarov)
4. Yonbag‗irlarda rango-rang tovlanib, xushbo‗y atrini taratayotgan gullarga nazar 
tashlayman. (R. Musayev) 5. U oltmishlarga borib qolgan bo‗lsa-da, yoshlardek ikki 
beti qip-qizil, serg‗ayrat va tavakkalchi odam edi. (Mirkarim Osim) 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling