Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   310
TAKRORIY SIFATLAR 
Bir asosning aynan takrorlanishidan hosil bo‗lgan sifat takroriy sifat sanaladi. 
Takroriy sifatlar belgini ta‘kidlab, kuchaytirib ifodalaydi. Takroriy sifat qismlari 
chiziqcha bilan ajratib yoziladi. 
12-misol. 
Mayda-mayda, qiziq-qiziq, lo‗ppi-lo‗ppi, lo‗nda-lo‗nda, oppoq-oppoq, yangi-
yangi, shirin-shirin, achchiq-achchiq. 


140 
Asosning birinchi boʻgʻinini ma‘lum tovush oʻzgarishi bilan takrorlashdan 
hosil boʻlgan qop-qora, kap-katta, yam-yashil, oppa-oson, qip-qizil kabi soʻzlar ham 
takroriy sifatlar hisoblanadi. 
Takroriy sifatlarning katta qismi tub sifatlar hisoblanadi, ammo ayrim takroriy 
sifatlar yasama ham boʻlishi mumkin. 
1) Agar sifatning oʻzi takrorlanib, takroriy sifat hosil boʻlgan boʻlsa, bunday 
takroriy sifatlar tub hisoblanadi. Masalan: katta-katta, chaqqon-chaqqon, koʻm-koʻk, 
boʻm-boʻsh. 
2) Agar boshqa soʻz turkumi takrorlanib, sifatga oʻtsa va ulardan takroriy 
sifatlar hosil boʻlsa, bunday takroriy sifatlar yasama hisoblanadi. Masalan: tanga-
tanga – tanga ot soʻz turkumiga mansub, bunda ot takrorlanib, sifatga oʻtmoqda va 
takroriy yasama sifat hosil boʻlmoqda; yoʻl-yoʻl – yoʻl ot soʻz turkumiga mansub, 
bunda ot takrorlanib, sifatga oʻtmoqda va takroriy yasama sifat hosil boʻlmoqda. 
SIFAT DARAJALARI 
Belgining ortiq yoki kamlik jihatidan farqlanishi sifat darajalari, ana shunday 
ma‘no ifodalovchi shakllar esa daraja shakllari deyiladi. 
Sifatning quyidagi to‗rt xil darajasi mavjud: 1) oddiy daraja; 2) qiyosiy daraja; 
3) orttirma daraja; 4) ozaytirma daraja. 
ODDIY DARAJA 
Belgining odatdagi me‘yorda ekanligini bildiruvchi va boshqa darajalar uchun 
asos bo‗lib xizmat qiluvchi sifat shakli oddiy daraja shakli deyiladi. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling