Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
13-misol.
Shirin olma, katta bino, toza suv, qiyin topshiriq, qiziq voqea, aqlli oʻquvchi. Sifatning oddiy darajasi hech qanday vositalarsiz ifodalanadi va boshqa darajalar oddiy darajadagi sifatlarga ma‘lum vositalarni qoʻshish orqali hosil qilinadi. Daraja ifodalovchi hech qanday koʻrsatkichga ega boʻlmagan sifatlar, odatda, oddiy darajada boʻladi. 14-misol. Oddiy darajadagi sifatlarning tagiga chizilgan. 1. Lola qizil, oq, sariq ranglarda tovlanib ochildi. (Aziz Abdurazzoq) 2. Maktabga qatnay boshlagandan keyin uning ko‗z o‗ngida yangi olam ochildi. (O„. Hoshimov) 3. Chakalakzor qorong‗ulikda vahimali va sirli ko‗rinardi. (Yo„ldosh Sulaymon) 4. Zamonamga sadoqatli, dili sof, toza imonman. (Qodir Dehqon) ORTTIRMA DARAJA Belgining me‘yordan ortiq ekanligini bildirgan sifat shakli orttirma daraja shakli deyiladi. Sifatning orttirma daraja shakli quyidagi yo‗llar bilan hosil bo‗ladi: 141 1) oddiy daraja shaklidagi sifat oldidan eng, g„oyat, juda, nihoyatda, bag„oyat, toʻq, lang so‗zlari keltiriladi: eng qiyin, juda qizil, g„oyat shirin, nihoyatda baland, toʻq qizil, lang ochiq. 2) oddiy daraja shaklidagi sifatning birinchi bo‗g‗ini tovush o‗zgarishi bilan takrorlanadi: bus-butun, kap-katta, to„ppa-to„g„ri, qip-qizil, yam-yashil. 15-misol. Orttirma darajadagi sifatlarning tagiga chizilgan. 1. Hamma yoq top-toza. (O„. Umarbekov) 2. Yomg‗irda cho‗milgan ko‗z ilg‗amas ulkan bog‗, qizil qum sepilgan xiyobonlar, hilol va yulduz shaklidagi gulzorlar yanada go‗zalroq, yanada so‗limroq ko‗rinardi. (O. Yoqubov) 3. Dunyoda eng orzumand xalq o‗zbek bo‗lsa ajabmas. (Rahmon Qo„chqor) 4. Onamning ismi Enaxon, nihoyatda ko‗ngilchan, zahmatkash ayol. (Muhammad Yusuf) Oppoq soʻzi ham orttirma darajadagi sifat hisoblanadi. Bu sifat orttirma darajani hosil qilishning yuqorida keltirilgan ikkinchi usuli orqali yuzaga kelgan va shu shaklda qotib qolgan. Orttirma daraja doimo belgini kuchaytiruvchi ma‘lum bir vosita orqali hosil qilinadi. Ayrim sifatlar oddiy daraja shaklidayoq belgini mazmunan kuchliroq ifodalaydi va shu jihatdan orttirma darajaga oʻxshab ketadi. Masalan, ser- qoʻshimchasi bilan yasalgan sifatlar shunday xususiyatga ega: sersuv, serdavlat, serfarzand. Ushbu sifatlar mazmunan orttirma darajada turgandek taassurot uygʻotadi. Buning sababi soʻz yasovchi ser- qoʻshimchasi asosdan anglashilgan narsa-predmet ortiq, koʻp ekanligini bildiruvchi sifatlar yasashidir, ya‘ni sersuv soʻzi suvi me‘yoridan koʻp degan ma‘noni bildiradi, shu tufayli yuqoridagi sifatlar aslida oddiy darajada boʻlsa-da, orttirma darajadagi sifatlarga oʻxshaydi. Biroq orttirma daraja yuqorida keltirilganidek ikki usul bilan hosil qilinadi. Mazkur sifatlarda esa bu ikki usulning birortasi mavjud emas. Ularning tarkibidagi ser- qoʻshimchasi esa orttirma daraja koʻrsatkichi emas, soʻz yasovchi qoʻshimchadir. Hech qanday daraja koʻrsatkichiga ega boʻlmagan sifatlar esa oddiy darajada deb qaraladi. Xuddi shunga oʻxshash holat ulkan soʻzida ham kuzatiladi. Bu soʻz oʻz ma‘nodoshi katta soʻziga nisbatan belgini mazmunan kuchliroq ifodalaydi, shuning uchun orttirma darajadagi sifatlarga oʻxshab ketadi, ammo unga orttirma darajani hosil qiluvchi biror vosita qoʻshilmagani uchun oddiy daraja shaklidadir. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling