TASHKILOT, KORXONA, MUASSASA NOMLARI
Xalqaro tashkilot, oliy davlat tashkilotlari va mansablarining nomlari
tarkibidagi har bir so‗z bosh harf bilan yoziladi. Vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va
korxonalar nomi tarkibidagi birinchi so‗z bosh harf bilan yoziladi.
4-misol.
Sog‗liqni saqlash vazirligi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, O‗zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‗zbekiston Oliy Majlisi, O‗zbekiston Milliy
universiteti, Toshkent traktor zavodi.
Quyidagi atoqli otlarning tarkibidagi har bir soʻz bosh harf bilan yoziladi:
1) Xalqaro tashkilot nomlari: Jahon Sogʻliqni Saqlash Tashkiloti, Xalqaro
Olimpiya Qoʻmitasi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti.
2) Oliy davlat tashkilotlari nomlari: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi,
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi.
3) Oliy davlat mansablari nomlari: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti,
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi.
4) Oliy davlat mukofotlari va unvonlari nomi: Oʻzbekiston Qahramoni.
Quyidagi atoqli otlarning esa tarkibidagi faqatgina birinchi soʻz bosh harf bilan
yoziladi:
1) Turli vazirliklar nomi: Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus
ta‘lim vazirligi, Ichki ishlar vazirligi.
2) Oʻquv muassasalari nomi: Samarqand davlat universiteti, Toshkent davlat
oʻzbek tili va adabiyoti universiteti.
Eslatma: Oʻzbekison Milliy universiteti nomida ikkinchi soʻz ham bosh harf
bilan yoziladi.
3) Turli davlat tashkilotlari, idoralar, firmalar va korxonalar nomlari:
Davlat xavfsizlik xizmati, Oliy xoʻjalik sudi, Davlat test markazi, Toshkent traktor
zavodi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi.
Turli korxonalar, mahsulotlar, inshootlar, transport vositalari kabilarga berilgan
shartli nomlar qo‗shtirnoq ichida bosh harf bilan (birikmali holatlarda faqat birinchi
so‗z) yoziladi: «Turkiston» (saroy), «Sharq gullari» (firma).
Do'stlaringiz bilan baham: |