Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


ZAMON QOʻSHIMCHALARI USLUBIYATI


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   310
ZAMON QOʻSHIMCHALARI USLUBIYATI 
Siz bilasizki, fe‘lning zamon shakllari benihoya rang-barang boʻlib, ular nutqda 
ifodalangan harakat yoki holatning uch zamon (oʻtgan, hozirgi, kelasi)dan birida 
voqelanishini bildiradi. Ammo nutq tuzishda shuni ham hisobga olish kerakki, nutq 
vaziyati, ifoda maqsadi, umuman, uslub taqozosiga muvofiq zamon shakllari 
almashinishi, muayyan bir zamonni ifodalovchi qoʻshimchalardagi oʻziga xosliklarga 
koʻra ulardan biri tanlanishi mumkin. 
Masalan, -di qoʻshimchasi bilan yasalgan oʻtgan zamon shakli soʻzlashuv 
uslubi taqozosiga koʻra kelasi zamon ma‘nosida qoʻllangan: Xoʻsh, anovi divanni 
nima qildik? (Erkin A‘zam) Bu yerda boʻlgan bahslar shu eshikdan chiqmasin, 
ma‟qulmi, nima dedingiz? (Ahmad A‘zam) 
Hozirgi zamon shaklini yasovchi -yotir, -yap, -moqda qoʻshimchalari 
ma‘nodosh, ammo ular nutqiy uslublarga xoslanishi, uslubiy boʻyogʻiga koʻra bir-
biridan farqlanadi. Ulardan -yap koʻproq soʻzlashuv uslubiga xos, -yotir va -moqda 
qoʻshimchalari esa poetik nutqda, badiiy uslubda koʻproq qoʻllanib, tantanavorlik, 
koʻtarinkilik boʻyogʻini namoyon qiladi. Kelasi zamon shaklini yasovchi -ajak 
qoʻshimchasi ham ana shunday tantanavorlik, koʻtarinkilikni ifodalaydi. 
Ilmiy uslubda hozirgi-kelasi zamon shakli (-a, -y qoʻshimchasi)ning 
qoʻllanishida ham uslubiy oʻziga xoslik mavjud. Bu shakl aniq zamonni emas, balki, 
umuman, zamonni, odatiylikni bildirish uchun ham qoʻllanadi. Masalan: predmetning 
belgisini bildiruvchi soʻzlar sifat deyiladi; kesim gapning markazi hisoblanadi; ega 
bosh kelishikdagi soʻz bilan ifodalanadi kabi ifodalarda buni koʻrish mumkin. 
Soʻzlashuv va boshqa uslublarda ham bunday holat odam gapiradi, qush uchadi, 
pichoq kesadi singari qoʻllanishlarda kuzatiladi. 
Asosan ikkita holatda fe‘lning munosabat shakllari, xususan, zamon 
qoʻshimchalari uslubiy xususiyatlarini namoyon qiladi: 
1) Bir zamonning qoʻshimchasi boshqa zamon ma‘nosida qoʻllansa. Masalan: 
Saidxon aka, bu qanday koʻrgilik-a? Endi men nima qildim? gapida qildim fe‘li 


115 
tarkibidagi oʻtgan zamon qoʻshimchasi -di oʻz zamoni ma‘nosini emas, kelasi zamon 
ma‘nosini ifodalagan, shuning uchun ushbu gapdan quyidagicha ma‘no anglashiladi: 
Saidxon aka, bu qanday koʻrgilik-a? Endi men nima qilaman?
2) Ma‘lum bir uslubiy oʻziga xoslikni ifodalash, ta‘kidlash uchun bir 
zamonning ma‘nodosh qoʻshimchalaridan biri nutqda tanlanishi mumkin. Masalan, 
kelasi zamonning -a va -ajak shakllari ma‘nodosh, ammo tantanavorlikni ifodalash, 
shuningdek, nutqqa rasmiy tus berish uchun quyidagi gapda -ajak shaklidan 
foydalanilgan: Jangchilar, albatta, gʻalaba bilan qaytajak! 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling