Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


OʻTGAN ZAMONNING TOʻLIQSIZ FE‟LLAR ORQALI


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   310
OʻTGAN ZAMONNING TOʻLIQSIZ FE‟LLAR ORQALI 
HOSIL QILINISHI 
Edi, emish, ekan, emas fe‘llari to„liqsiz fe‟llar sanaladi. Bu fe‘llar yetakchi 
fe‘lning zamon shakllaridan so‗ng keladi, shaxs-son qo‗shimchalari to‗liqsiz fe‘lga 
qo‗shiladi: kelgan ekansan (eding, emishsan), kelayotgan ekansan (eding, emishsan). 
Edi, emish, ekan, emas to‗liqsiz fe‘llari qisqarib, -di, -mish, -kan-mas shaklida 
ham qo‗llaniladi. Bunda ularda tovush tushishi kuzatiladi va fe‘lga qoʻshimcha 
sifatida qoʻshib yoziladi. Masalan: borgan edi – borgandi, borgan emish – 
borganmish, kelar ekan – kelarkan, oʻqigan emas – oʻqiganmas. 
-gan, -(a)yotgan, -ar qoʻshimchalaridan keyin -di, -mish, -mas kabi shakllar 
kelsa, ular edi, emish, emas toʻliqsiz fe‘llarining qisqargan shakli hisoblanadi. 


112 
Masalan: kelgan edi – kelgandi, kelayotgan emish – kelayotganmish, kelar edi – 
kelardi. 
Oʻtgan zamonning -gan va sifatdoshning -gan shakllari bitta qoʻshimcha 
boʻlib, bu shakl koʻpvazifali qoʻshimcha hisoblanadi. Uning qaysi vazifani 
bajarayotgani quyidagicha aniqlanadi: 
1) -gan shaklidan soʻng shaxs-son qoʻshimchalari qoʻshilsa va bu 
qoʻshimchani olgan fe‘l gapda kesim vazifasini bajarsa, u oʻtgan zamon shakli 
hisoblanadi va fe‘lning munosabat shakli (sintaktik shakl yasovchi qoʻshimcha) deb 
qaraladi. Masalan: Men bu kitobni avval oʻqiganman. / Bu ishni sen qilgansan.
2) -gan shaklini olgan fe‘l «qanday?», «qanaqa?» soʻroqlariga javob boʻlib, 
undan soʻng ot kelsa yoki bu qoʻshimchani olgan fe‘lga egalik, kelishik, koʻplik 
qoʻshimchalari qoʻshilgan boʻlsa, u sifatdosh qoʻshimchasi (lugʻaviy shakl yasovchi) 
hisoblanadi. Masalan: Oʻqigan bola oʻqdan oʻzar. / Bu ishni qilgan odam sensan. / 
Men tugʻilganimda otam rosa suyungan ekan. 
3-misol. Oʻtgan zamondagi fe‘llarning tagiga chizilgan. 
1. Qizlar to‗da-to‗da bo‗lib lapar aytishdi. (N. Safarov) 2. Sinf rahbarimiz 
Hasan aka menga bildirmay G‗anini uyga yuboribdilar. (M. A‟zamov) 3. Aka-ukalar 
to‗qayda bo‗ri, to‗ng‗iz, tulkilar ko‗p bo‗lishini eshitishgan edi. (X. To„xtaboyev) 4. 
Mana bu shotutni bobosi ekkan ekan. (Sh. Otaboyev) 5. Ho‗ so‗ridagi cholni 
ko‗rdinglarmi, yonidagi chollarga Navoiy g‗azallarini o‗qib berib o‗tiribdi. (S. 
Anorboyev) 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling