Fe‟l yasalishi jarayonida roʻy beradigan ayrim fonetik hodisalar
№ Qoʻshimcha
Fonetik hodisa turi
1
-la
a) tovush tushishi: yigʻi + la = yigʻla;
b) tovush almashishi: ong + la = angla;
d) tovush ortishi: ega + la = egalla.
2
-a
a) tovush tushishi: oʻyin + a = oʻyna, qiyin + a = qiyna;
b) tovush almashishi: son + a = sana, ot + a = ata, yosh + a =
yasha;
3
-ay
a) tovush tushishi: ulugʻ + ay = ulgʻay, past + ay = pasay, sust +
ay = susay;
b) tovush almashishi: sariq + ay = sargʻay.
4
-ar
a) tovush tushishi: qizil + ar = qizar;
b) tovush almashishi: yosh + ar = yashar.
5
-illa
a) tovush almashishi: gup + illa = gupulla, shov + illa = shovulla.
Fe‘l yasovchi -la, -a, -ay, -ar kabi qoʻshimchalar ta‘sirida asosda fonetik
hodisalar yuz bersa, -illa qoʻshimchasi qoʻshilganda esa qoʻshimchaning oʻzida
fonetik hodisa roʻy beradi.
Fe‘l yasalishining ikkinchi usuli soʻzlarni bir-biriga qoʻshib (kompozitsiya
usuli bilan) fe‘l yasashdir. Bunday usul bilan qoʻshma fe‘llar hosil boʻladi.
Kompozitsiya usuli bilan yasalgan qoʻshma fe‘llarning tarkibi ikki xil boʻladi:
1) ot + fe‟l tarkibli qoʻshma fe‟llar.
Bunday qoʻshma fe‘llar fe‘ldan boshqa soʻz turkumlari (ot, sifat, son, ravish,
olmosh, undov, taqlid, modal soʻzlar)ga qil, et, boʻl, ayla kabi fe‘llarni qoʻshishdan
hosil qilinadi. Masalan: javob bermoq, dars qilmoq, bayon etmoq, tinch boʻlmoq, tez
boʻlmoq, sen demoq, dod solmoq, oh urmoq, taq etmoq, yoʻq qilmoq, bor boʻlmoq.
Ot + fe‘l tarkibli qoʻshma fe‘llar shaklan soʻz birikmalariga oʻxshaydi. Ularni
bir-biridan farqlash lozim.
Ot + fe‟l tipidagi qoʻshma fe‟l va soʻz birikmasining farqlanishi
1
Oʻxshash
xususiyatlari
Ot + fe‘l tarkibli qoʻshma fe‘llar va soʻz birikmalari nutqda
oʻxshash shaklda kelishi mumkin. Masalan:
1) Sanobar yangi daftar oldi. – daftar oldi soʻz birikmasi.
2) Sanobar bergan savoliga javob oldi. – javob oldi qoʻshma
fe‘l.
Do'stlaringiz bilan baham: |