Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   310

Misollar 
1) Oʻqituvchi darsga kechikib keldi. – soʻz birikmasi 
2) Oʻqituvchi darsga kechikib qoldi. – koʻmakchi fe‘lli s.q. 
3) U yangilikni quvonib soʻzladi. – soʻz birikmasi 
4) U yangilikni eshitib, quvonib ketdi. – koʻmakchi fe‘lli s.q. 
 
KOʻMAKCHI FE‟LLI SOʻZ QOʻSHILMASIDA YETAKCHI
FE‟LNING TUZILISHIGA KOʻRA TURLARI 
Koʻmakchi fe‘lli soʻz qoʻshilmasining yetakchi fe‘l qismi tuzilishiga koʻra toʻrt 
xil boʻlishi mumkin: 


103 
1) Sodda: 
a) sodda tub: Mirsodiq eshikni sekin ochdi-yu, sevinib ketdi. → sevinib – 
sodda tub fe‘l; 
b) sodda yasama: Bir mahal yo‗l kengayib ketdi. → keng + ay – sodda yasama 
fe‘l; 
2) Qoʻshma: Bizga ham qoʻngiroq qilib turing. / Bu nima degan gap o‗zi, juda 
jim bo‗lib ketdingiz! → qoʻngʻiroq qilmoq, jim boʻlmoq – qoʻshma fe‘llar; 
3) Juft: Shu masalada bizni qoʻllab-quvvatlab tursangiz. / Ba‘zan Mehrixonlar 
oilasiga ham borib-kelib turadi. → qoʻllab-quvvatlamoq, borib kelmoq – juft fe‘llar; 
4) Takroriy: Bolaning tizzalari qoʻrrqanidan qaltirab-qaltirab ketdi. → 
qaltirab-qaltirab – takroriy fe‘l. 
Ba‘zan koʻmakchi fe‘l bir necha soʻzdan iborat boʻlishi mumkin. Agar 
koʻmakchi fe‘llar bir nechta boʻlsa, ma‘no nozikliklari ham koʻpayib boradi. 
Masalan: 
1) Shu narsalarni akangga berib qoʻy. Bunda: berib – yetakchi fe‘l, qoʻy – 
koʻmakchi fe‘l. 
2) Shu narsalarni akangga berib qoʻya qol. Bunda: berib – yetakchi fe‘l, qoʻya 
qol – ikkita koʻmakchi fe‘l. 
Koʻmakchi fe‘lli soʻz qoʻshilmasida yetakchi fe‘l doimo bitta, koʻmakchi fe‘l 
esa bitta ham, bir nechta ham boʻlishi mumkin. 
KOʻMAKCHI FE‟LLI SOʻZ QOʻSHILMASIGA QOʻSHIMCHALARNING
QOʻSHILISH TARTIBI 
Nisbat va bo‗lishsizlik shakllari yetakchi fe‘l tarkibida ham, ko‗makchi fe‘l 
tarkibida ham kelishi mumkin. Zamon, shaxs-son qo‗shimchalari faqat ko‗makchi 
fe‘llarga qo‗shiladi. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling