-lan:
odatlan,
shodlan,
ikkilan;
12) -lash: yordamlash, birlash,
yaqinlash,
osonlash,
salomlash;
13) -y: qoray;
14) -r: qisqar, oʻzgar;
15) -sira: uyqusira, begonasira,
sensira;
16) -sa: suvsa;
17) -si: garangsi
‗
Fe‘l yasovchi -la qoʻshimchasi ot, sifat, ravish, olmosh, undov, taqlid va modal
soʻzlarga qoʻshilib fe‘l yasaydi. Quvlamoq, ishqalamoq kabi fe‘llarning oʻziga
qoʻshilgan -la qoʻshimchasi esa fe‘ldan ifodalangan harakat-holat ma‘nosini
kuchaytiruvchi lugʻaviy shakl yasovchi qoʻshimcha hisoblanadi va fe‘l yasovchi -la
bilan oʻzaro shakldosh boʻladi.
Solishtiring:
Oʻy – oʻyla, ish – ishla, tekis – tekisla, oq – oqla, dod – dodla → fe‘ldan
boshqa soʻz turkumlari (ot, sifat, undov soʻz)ga qoʻshilib, ulardan fe‘l yasamoqda,
soʻz yasovchi qoʻshimcha;
Quv – quvla, ishqa – ishqala → fe‘lning oʻziga qoʻshilib, ma‘noni
kuchaytirmoqda, lugʻaviy shakl yasovchi qoʻshimcha.
2-misol. Sodda yasama fe‘llarning tagiga chizilgan.
1. Bularning ichida bitta kattasi bor ekan. Bizga yaqinlashmadi. (Ertakdan) 2.
Shundan so‗ng To‗maris qo‗shin to‗plab, jangga otlandi. (Mirkarim Osim) 3.
Gapirganda ovozi xuddi ichidan chiqqanday guldurab, jaranglab eshitiladi. (X.
To„xtaboyev) 4. Qizlar o‗zaro sekin suhbatlashib turishardi. (Oybek)
AYRIM FE‟L YASOVCHI QO„SHIMCHALAR IMLOSI
Fe‘l yasovchi -a qo‗shimchasi o„yin, qiyin kabi ikki bo‗g‗inli so‗zlarga
qo‗shilganda, bu so‗zlarning ikkinchi bo‗g‗inidagi i unlisi talaffuzda tushib qoladi va
shunday yoziladi.
Fe‘l yasovchi -ay qo‗shimchasi past, sust so‗zlariga qo‗shilganda, bu so‗zlar
oxiridagi t talaffuzda tushib qoladi va shunday yoziladi.
-illa qo‗shimchasi tarkibida u unlisi yo v undoshi bo‗lgan bir bo‗g‗inli
so‗zlarga qo‗shilganda, -ulla tarzida aytiladi va shu holda yoziladi.
3-misol.
O‗yna, qiyna, sana, yasha, ata, pasay, susay, gurulla, g‗uvulla, uvulla.
106
Do'stlaringiz bilan baham: |