204
Fe‘lli so‗z birikmasida hokim so‗z fe‘l bilan ifodalanadi:
kitobni o„qidi,
daftarga yozmoq, tez yugurgan, ohista gapirish, ta‟sirli so„zlab, zavq bilan o„qimoq.
Hokim soʻzining qaysi turkumga oid soʻzlar bilan ifodalanishiga koʻra soʻz
birikmasining turlari
№ Soʻz birikmasi turi
Hokim soʻzning
ifodalanishi
Misollar
1
Otli soʻz birikmasi
Fe‟ldan boshqa barcha soʻz
turkumlari bilan:
a) ot;
b) sifat;
d) son;
e) olmosh;
f) ravish;
g) taqlid soʻz;
h) undov soʻz;
j) modal soʻz.
a) chiroyli
gul;
b) hammasidan
qiziq;
d) talabalardan
uchtasi;
e)
kitoblarning
hammasi;
f) tovushdan
tez;
g) otning
dupur-dupuri;
h) ayolning
oh-vohi;
j) uyda
yoʻq.
2
Fe‟lli soʻz birikmasi
Fe‟l bilan:
a) sof fe‘l;
b) harakat nomi;
d) sifatdosh;
e) ravishdosh.
a) kitobni
oʻqidi;
b) kitobni
oʻqish;
d) kitobni
oʻqigan;
e) kitobni
oʻqib.
SO„Z BIRIKMASIDA SO„ZLARNING O„ZARO BIRIKISH
USULLARI
Soʻz birikmasida tobe soʻz hokim soʻzga
kelishik, egalik qo‗shimchalari,
ko‗makchilar, so‗z tartibi va ohang (tobelashtiruvchi ohang) yordamida bogʻlanadi.
Bu bogʻlovchi vositalar tobe soʻzga ham, hokim soʻzga ham qoʻshilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: