205
Tobe va hokim soʻz qanday vositalar bilan bogʻlanishiga koʻra soʻz
birikmasida soʻzlar bogʻlanishining uch xil turi mavjud: 1) boshqaruv; 2) moslashuv;
3) bitishuv.
Boshqaruv – tobe so‗zning hokim so‗zga tushum, jo‗nalish, chiqish, o‗rin-
payt kelishiklari va ko‗makchilar orqali bog‗lanishi. Masalan:
kitobni o„qimoq,
daftarga yozmoq, shahardan qaytmoq, mashinada bormoq, futbol haqida
gaplashmoq.
Moslashuv – tobe so‗zning hokim so‗zga
qaratqich kelishigi orqali,
hokim
so‗zning tobe so‗zga egalik qo‗shimchasi orqali bog‗lanishi. Masalan:
mening
qalamim, sening ruchkang,
Bitishuv – tobe so‗zning hokim so‗zga
hech qanday
qo‗shimchasiz, faqat ohang va ma‘nosiga ko‗ra bog‗lanishi. Masalan:
rangli qalam,
katta uy, a‟lochi o„quvchi.
So„z birikmasida so„zlarning o„zaro birikish usullari
№
Bogʻlanish
usuli
Bogʻlovchi vositalar
Misollar
1
Boshqaruv
1. kelishik qoʻshimchalari:
a) tushum kelishigi: -ni;
b) joʻnalish kelishigi: -ga;
d) oʻrin-payt kelishigi: -da;
e) chiqish kelishigi: -dan;
Do'stlaringiz bilan baham: