207
BITISHUV
Ayrim so‗z birikmalari tarkibida ba‘zi ko‗makchilar va kelishik qo‗shimchalari
o‗z vazifasini yo‗qotadi. Shuning uchun bunday bog‗lanishlarga
boshqaruv emas,
bitishuv deb qaraladi.
Tobe soʻz tarkibidagi qoʻshimchalarning yaxlitlanib qolishi natijasida bitishuv
deb qaraladigan ayrim birikmalar
№
Tobe soʻz
Misollar
Izoh
1
Ravish
toʻsatdan kelib qolmoq;
birdan gapirmoq;
qoʻqqisdan hujum qilmoq;
birga yashamoq;
tezda kelmoq;
favqulodda harakat qilmoq.
Bunday birikmalarning tobe soʻzi
boʻlib kelgan ravishlar tarkibida
-
ga, -dan, -da kelishik
qoʻshimchalari asos bilan
mustahkam birikib, qotib qolgan,
oʻz vazifasini yoʻqotgan. Shuning
uchun bu soʻzlarda kelishik
qoʻshimchasi yoʻq.
2
Ravishdosh
oʻylamasdan gapirmoq;
uxlamasdan kutmoq;
qiynalmasdan bajarmoq.
Bunday birikmalarning tobe soʻzi
ravishdoshlar boʻlib, ularning
tarkibida
-dan chiqish kelishigi emas,
ravishdoshning boʻlishsizlik shakli
boʻlgan yaxlit
-masdan
qoʻshimchasi mavjud.
GAP
So‗z yoki so‗zlar
vositasida anglashilgan fikr gap deyiladi. Masalan:
Dars
boshlandi. Men maktabda oʻqiyman. Ertaga biznikiga kelasizmi?
Gap biror
voqea-hodisa haqidagi xabarni, so‗roqni
yoki buyruqni bildiruvchi,
tugal hukmni ifodalovchi asosiy sintaktik birlikdir. Masalan:
Men qiziqarli kitoblar
sotib oldim.
Har qanday
gapdan anglashilayotgan xabar, so‗roq, buyruq, istak ma‘nosi
uning kesimida ifodalanadi. Kesim gapning eng muhim va asosiy bo‗lagidir.
Masalan:
Biz kecha teatrga bordik.
Bu gapda boshqa bo‗laklar tushirib qoldirilsa ham, kesimning o‗zi mazmunni
ifodalayveradi:
Bordik. – qayergadir borilgani haqida xabar berilmoqda.
Lekin
kesimni
tushirib qoldirsak, gap va uning mazmuni yo‗qoladi:
Biz kecha teatrga –
hech qanday ma‘noga ega emas.
Do'stlaringiz bilan baham: