BUYRUQ GAPLAR
Buyurish, da‘vat qilish ma‘nolarini bildirgan gaplar buyruq gap sanaladi.
Masalan: Chiroyli yoz.
Buyruq gaplarning kesimi buyruq mayli shaklidagi fe‘llar orqali ifodalanadi.
Buyruq gap oxiriga nuqta qo‗yiladi.
4-misol.
1) Do‗stingdan hech narsani ayama. (Husayn Voiz Koshifiy) 2) O‗zingga
yoqqan narsani boshqalarga ham ravo ko‗r. (Hadisdan) 3) To‗liq pishmagan
mevalarni yemangiz, issiq vaqtlarda yog‗li narsalar yemakdin saqlaningizlar.
(Rizouddin ibn Faxruddin) 4). Onangning aytganlariga quloq solgin, nima buyursa,
bajargin. 5) Do‗sting quvonsa, quvon, qayg‗ursa, qayg‗ur. (Husayn Voiz Koshifiy) 6)
Sherxon bostirib kelmasdan tezroq joʻnang. (P. Qodirov)
Buyruq gaplarning kesimi doimo buyruq maylidagi fe‘llar bilan ifodalanadi.
Ba‘zan buyruq gaplar istak ma‘nosini ham bildirishi mumkin. Chunki buyruq
maylidagi fe‘llar I shaxsda istak ma‘nosini ifodalaydi. Masalan: Biz ham oʻqishga
kiraylik. Bugun kutubxonaga boray.
Bunday buyruq gaplar istak gaplarga oʻxshab ketadi. Ammo baribir buyruq gap
hisoblanaveradi, kesimi shaklan buyruq maylidagi har qanday gap qanaqa ma‘noni
bildirishidan qat‘i nazar buyruq gap sanaladi. Masalan, Istaymanki, onajonim doimo
sogʻ boʻlsin gapi mazmunan istakni bildiradi, biroq gap kesimi III shaxs buyruq istak
mayli shakli -sin qoʻshimchasini olgani uchun bu gap ifoda maqsadiga koʻra buyruq
gap deb qaraladi.
Buyruq-istak mayli shakllari
Shaxs
Birlik
Misollar
Koʻplik
Misollar
I
-(a)y, -
(a)yin
Boray, oʻqiy, borayin,
oʻqiyin
-(a)ylik
Boraylik, oʻqiylik
II
…, -gin
Oʻqi, oʻqigin
-(i)ng, -
(i)ngiz
Boring, oʻqing /
boringiz, oʻqingiz
Do'stlaringiz bilan baham: |