Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
Soʻroq gaplarning ifodalanishi (hosil qilinishi)
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qanday xalq ertaklarini o‗qigansiz 3) Boku qaysi
- Soʻroq gaplarning ifodalanishi (hosil qilinishi) № Soʻroq gapni hosil qiluvchi vosita Misollar Xususiyati
Soʻroq gaplarning ifodalanishi (hosil qilinishi)
№ Soʻroq gapni hosil qiluvchi vosita Misollar Xususiyati 1 Soʻroq olmoshlari: kim? nima? qaysi? 1) Jaloliddin Manguberdi kim bo‗lgan? So‗roq olmoshlari yordamida ifodalangan 209 qanaqa? qayer? qachon? qancha? nechta? nechanchi? nega? 2) Qanday xalq ertaklarini o‗qigansiz? 3) Boku qaysi davlatning poytaxti sanaladi? so‗roq gaplar so‗roqqa aniq javob bo‗luvchi so‗zni talab qiladi. Masalan: – Ko‗chatlarga kim suv quydi? – Salim. 2 Soʻroq yuklamalari: -mi, -chi, -a (-ya) 1) Chaqimchilik nima ekanini bilasizlarmi? 2) Siz shu mahallada yashaysizmi? 3) Siz-chi? Men-a? So‗roq yuklamalari orqali ifodalangan so‗roq gaplar ha yoki yo„q javoblarini talab qiladi. Soʻngra unga izoh berilishi mumkin. Masalan: – Siz shu mahallada yashaysizmi? – Ha, men shu mahalladagi 26-uyda yashayman. 3 Soʻroq ohangi – Sodiq, ichkariga kir. Dars boshlandi. – Dars boshlandi? Soʻroq ohangi gapning oxiriga tomon koʻtarilib (kuchayib) boradi. Soʻroq gaplar doimo ham soʻroq ma‘nosini ifodalayvermaydi. Ayrim soʻroq gaplar darak va buyruq ma‘nosini ham ifodalashi mumkin. Shu jihatdan soʻroq gaplar qanday ma‘noni ifodalashiga koʻra bir nechta turlarga boʻlinadi: 1) Sof soʻroq gaplar; 2) Soʻroq-darak gaplar; 3) Soʻroq-buyruq gaplar. Soʻroq gaplarning ifodalanishi (hosil qilinishi) № Soʻroq gapni hosil qiluvchi vosita Misollar Xususiyati 1 Sof soʻroq gaplar 1) Guruhingizda kim yaxshi oʻqiydi? 2) Qachon Samarqandga bormoqchisiz? 3) Shu kitobni olamizmi? Sof soʻroq gaplar soʻroqni bildiradi va soʻzlovchiga ma‘lum boʻlmagan axborotni soʻrash uchun ishlatiladi. Bunday soʻroq gaplar oʻziga biror javobni talab qiladi. 2 Soʻroq-darak gaplar 1) Kim Vatanni sevmaydi? (Ma‘nosi: Hamma Vatanni sevadi) 2) Kim uyida urush boʻlishini istaydi? (Ma‘nosi: Hech kim 1) Bunday soʻroq gaplar javob talab qilmaydi, javobi shu gapning oʻzida mazmunan ifodalangan boʻladi; 2) Bunday gaplarda soʻroq gap shakli orqali darak gap 210 istamaydi) mazmuni ifodalanadi. 3) Bunday gaplarning kesimi boʻlishsiz fe‘llar bilan ifodalangan boʻlsa, tasdiq darak gap ma‘nosini; boʻlishli fe‘llar bilan ifodalangan boʻlsa, inkor darak gap ma‘nosini bildiradi. 4) Soʻroq gap orqali ifodalangan darak ma‘nosi darak gap orqali ifodalangan darak ma‘nosidan kuchliroq boʻladi. 3 Soʻroq-buyruq gaplar 1) – Televizorni yoqmaysizmi? (Ma‘nosi: Televizorni yoqing.) 2) – Darsingni tayyorlasang boʻlmaydimi? (Ma‘nosi: Darsingni tayyorla.) 1) Bunday soʻroq gaplar javob talab qilmaydi, javobi shu gapning oʻzida mazmunan ifodalangan boʻladi; 2) Bunday gaplarda soʻroq gap shakli orqali buyruq gap mazmuni ifodalanadi. 3) Bunday gaplarning kesimi boʻlishsiz fe‘llar bilan ifodalangan boʻlsa, tasdiq buyruq gap ma‘nosini; boʻlishli fe‘llar bilan ifodalangan boʻlsa, inkor buyruq gap ma‘nosini bildiradi. 4) Soʻroq gap orqali ifodalangan buyruq ma‘nosi buyruq gap orqali ifodalangan buyruq ma‘nosidan kuchliroq boʻladi. Javob talab qilmaydigan soʻroq-darak va soʻroq-buyruq gaplar ritorik soʻroq gaplar ham deb yuritiladi. Ritorik-soʻroq gaplar javob talab qilmaydigan, tasdiq mazmunidagi javobni oʻzida yashirin ifodalaydigan gaplar boʻlib, ular eng kuchli uslubiy vositalardan sanaladi. Bunday soʻroq gaplarda fikr kuchli his-hayajon, emotsionallik bilan, juda ifodali, ta‘kidli va ta`sirchan tarzda beriladi. Shuning uchun bunday gaplar, asosan, soʻzlashuv, badiiy va publitsistik uslublarda keng qoʻllanadi. Misollar: Hozir erta turmasa boʻladimi?! (Oʻ. Umarbekov) Xalqini sevgan qaysi farzand Vatanini ozod koʻrishni xohlamaydi?! (Erkin A‘zam) Oliy adolat degan mana shu emasmi?! (Erkin A‘zam) 211 3-misol. 1) Gunohlar kirini pushaymonlik va tavba yoshi yuva olishini kim bilmaydi? (Tohir Malik) 2) Yelkasidagi tashvish yuki bilan qayerga sigʻadi? (Tohir Malik) 3) Kim bilmaydi buni?! Kimga kerak, ayting! (Asqad Muxtor) 4) Musulmonning qoʻliga yaxshi beshotarni berib qoʻyarmidi? (Choʻlpon) 5) Hamma bir millat boʻlsa, nimasi yomon? (Erkin A‟zam) Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling