Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   310
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


199 
IV FASL. SINTAKSIS 
 
10-mavzu: 
MORFOLOGIYA VA SINTAKSISNING MUNOSABATI. 
SINTAKSISNING OʻRGANISH SOHASI.
 
Fikrimizni boshqalarga tovushlar vositasida so‗zlash va harflar vositasida 
yozish orqali bayon qilamiz. So‗zlash va yozish orqali ma‘lum fikr bayon qilishimiz 
nutq hisoblanadi. Nutqimizda gaplardan foydalanamiz. Gap tarkibidagi so‗zlar o‗zaro 
bog‗langan bo‗ladi. Masalan, Biz kecha kutubxonaga bordik gapida soʻzlar 
quyidagicha oʻzaro bogʻlangan: biz bordik, kecha bordik, kutubxonaga bordik. 
 
So‗zlarning gapdagi bog‗lanishi sintaktik aloqa, sintaktik aloqani o‗rganuvchi 
bo‗lim sintaksis deyiladi. 
Tovushlardan so‗z va qo‗shimchalar, so‗z va qo‗shimchalardan gap hosil 
bo‗ladi. Gap bitta so‗zdan iborat bo‗lishi ham mumkin. Masalan: Oʻqi. Keldik. 
SINTAKTIK ALOQA (GRAMMATIK BOGʻLANISH) 
Bir soʻzning boshqa soʻzga ma‘lum grammatik vositalar (grammatik 
qoʻshimchalar, yordamchi soʻzlar) orqali bogʻlanishi sintaktik aloqa (grammatik 
bogʻlanish) deyiladi. 
1-misol.
Kitobni oʻqimoq, daftarga yozmoq, qalam bilan chizmoq, bizning uyimiz
men oʻqidim
Tilda soʻzlar oʻzaro bogʻlanib, ya‘ni sintaktik aloqaga kirishib soʻz birikmasi 
va gaplarni hosil qiladi, soʻz birikmasi va gaplar esa nutqni yuzaga chiqaradi. Nutq 
orqali biz oʻz fikrimizni boshqalarga yetkazamiz. Bundan koʻrinadiki, soʻzlar oʻzaro 
bogʻlanmasa, fikr anglashilmaydi. Masalan, Men akam bilan kutubxonaga bordim 
gapida soʻzlar oʻzaro sintaktik aloqaga kirishgan, nutqda faollashgan va buning 
natijasida soʻz birikmasi, ularning birligidan esa gap yuzaga kelgan. Bu gap 
soʻzlovchining akasi bilan kutubxonaga borganligi haqida axborot bermoqda, ya‘ni 
xabar mazmunidagi fikrni ifodalamoqda. Solishtiring: Men akam kutubxona bor. 
Ushbu misolda esa soʻzlar oʻzaro bogʻlanmagan, shuning uchun undan hech qanday 
fikr anglashilmaydi, biror mazmunni bildirmaydi. 
So‗zlar oʻzaro bog‗lanishi, ya‘ni sintaktik aloqaga kirishishi uchun quyidagi 
xususiyatlarga ega boʻlishi lozim: 
1) ular mustaqil so‗z turkumlariga mansub bo‗lishi lozim. Masalan, kitob 
o„qimoq, maktabga bormoq. Lekin ukam uchun, telefon orqali birikuvlari ikkinchi 
so‗zlari mustaqil so‗z bo‗lmaganligi uchun (orqali, uchun koʻmakchi); sira 
bormayman, aslo soʻramang birikuvlari esa birinchi so‗zlari mustaqil so‗z 
bo‗lmaganligi uchun (sira, aslo yuklama) so‗zlarning bog‗lanishiga misol bo‗la 
olmaydi. Demak, bir yordamchi soʻz va bir mustaqil soʻz oʻzaro birikib sintaktik 
aloqani hosil qila olmaydi; 


200 
2) so‗zlarning ma‘nolari o‗zaro mos bo‗lishi lozim. Masalan, oyna so‗zining 
ma‘nosi sinmoq so‗zining ma‘nosiga mos: oyna sindi. Ammo randalamoq, uzilmoq 
so‗zlariga mos emas. Shuning uchun nutqda ma‘nosi mos bo‗lmagan so‗zlarni 
bog‗lash xato bo‗ladi: oyna uzildi deb boʻlmaydi; 
3) so‗zlarni bog‗lovchi qo‗shimchalar ham o‗z o‗rnida bo‗lishi kerak. Masalan, 
Toshkentda yashayman, ukamning daftari birikmasida qo‗shimchalar to‗g‗ri 
qo‗llangan. Lekin Toshkentga yashayman, ukamni daftari birikmasida qo‗shimcha 
noto‗g‗ri qo‗llangan. 
Sintaktik aloqa, ya‘ni so‗zlarning o‗zaro bog‗lanishi ikki xil bo‗ladi: 
1. Teng bog‗lanish – ikki so‗zning teng huquqli, biri ikkinchisiga buysunmay 
(tobelanmay) bog‗lanishi. Masalan: men va ukam, kitob hamda daftar, oy-u quyosh. 
2. Tobe bog‗lanish – bir so‗zning (tobe so‗zning) boshqa bir so‗zga (hokim 
so‗zga) tobelanishi orqali bog‗lanishi. Masalan: mening ukam, uyga bormoq, kitobni 
o„qimoq, biz keldik. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling