Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
TAQLID SO„ZLARNING TUZILISHI
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- TAQLID SOʻZLARNING GRAMMATIK XUSUSIYATLARI
TAQLID SO„ZLARNING TUZILISHI
VA IMLOSI Taqlid soʻzlar tuzilishiga koʻra ikki turga boʻlinadi: 1) sodda taqlid soʻzlar; 2) takror taqlid soʻzlar. Bir asosdan iborat taqlid soʻzlar sodda taqlid soʻzlar hisoblanadi. Masalan: ship, yalt, yarq, tars, qars. Asos qismning aynan takrorlanishidan yoki ayrim tovush o‗zgarishi bilan takrorlanishidan hosil bo‗lgan taqlid so‗zlar takroriy taqlid so„zlar sanaladi. Masalan: ship-ship, yilt-yilt, gumbur-gumbur, gurs-gurs, chars-churs, taq-tuq, yarq-yurq. Takroriy taqlid so‗zlar qismlari chiziqcha bilan ajratib yoziladi. TAQLID SOʻZLARNING GRAMMATIK XUSUSIYATLARI Taqlid soʻzlar gapda boshqa soʻzlar bilan grammatik aloqaga kirishadi va gap boʻlaklari vazifasini bajara oladi. Ularning sintaktik vazifalarini quyidagi jadvalda koʻrishimiz mumkin: Taqlid soʻzlarning sintaktik vazifalari № Vazifasi Misollar 1 Otga bogʻlanganda sifatlovchi aniqlovchi Shunday bo‗lsa ham, vujudini tutgan qalt-qalt titroqni bosib hazilomuz qichqirdi. 2 Fe‘lga bogʻlanganda ravish holi Dildorning yuragi duk-duk urardi. 3 Gap oxirida kelganda ot- kesim Osmonda yulduzlar gʻuj-gʻuj. Ba‘zan taqlid soʻz bogʻlangan ot tushib qolib, uning ma‘nosi, vazifasi va qoʻshimchalari taqlid soʻzga oʻtadi. Bunday holatlarda taqlid soʻzlar otlashadi. Masalan: Tun sukunatini ot tuyoqlarining dupur-dupur ovozi buzdi. / Tun sukutini ot tuyoqlarining dupur-dupuri buzdi. Bir mahal shamolda ochilib ketgan derazaning 195 qars-qurs ovozidan uygʻonib ketdim. / Bir mahal shamolda ochilib ketgan derazaning qars-qursidan uygʻonib ketdim. Taqlid soʻzlar ham yasalmaydi. Biroq taqlid soʻzlarga qoʻshimcha yoki soʻz qoʻshilib, boshqa turkumlar yasaladi. Masalan: sharshara, qahqaha, qarsak (taqlid soʻzlardan yasalgan otlar), taqillamoq, qarsillamoq, jizillamoq, gumburlamoq, shildiramoq (taqlid soʻzlardan yasalgan sodda yasama fe‘llar), taq etmoq, qars etmoq, gumbur etmoq (taqlid soʻzlardan yasalgan qoʻshma fe‘llar) Sodda yasama ot va fe‘llar, shuningdek, qoʻshma fe‘llar tarkibida yasashga asos qism boʻlgan taqlid soʻzlar alohida soʻz sifatida ajratilmaydi. Masalan: Qo„qqisdan o„rmon kaptarlari g‘uv-g‘uvlab qolishibdi gapida taqlid soʻz yoʻq, gʻuv- gʻuvlab esa sodda yasama fe‘ldir. Ali Qushchi hovliga chiqishi bilan o„ng qo„ldagi binodan kimdir lip etib chiqib, yo„lini to„sdi gapida ham taqlid soʻz mavjud emas, lip etib esa qoʻshma fe‘l boʻlib, uning tarkibidagi lip alohida taqlid soʻz deb qaralmaydi. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling