191
mumkin. Ritorik so‗roq gaplar tarkibida bu qo‗shimcha ko‗proq uchraydi va tasdiqni
kuchaytirib ko‗rsatadi. Masalan:
Rahimov g„animga tashlangan chog„da Alpomish
shiddatin payqamagan kim?! (A. Oripov) («Hamma payqagan» degan fikr yorqin
ifodalangan).
Bo‗lishsizlik
ifodalovchi -ma qo‗shimchasi fe‘l tarkibida
-moq, -moqda, -
moqchi kabi qo‗shimchalar mavjud bo‗lganda, fe‘lga qo‗shila olmaydi, bu o‗zbek
nutqiy odatida yo‗q. Masalan,
kelmamoq, kelmamoqda, kelmamoqchi kabi
qo‗llanishlar mumkin emas.
Ko‗makchi fe‘lli so‗z qo‗shilmalarining
har ikki qismi, ya‘ni ham yetakchi,
ham ko‗makchi fe‘lga bu qo‗shimcha qo‗shilganda ham,
inkor emas, balki qat‘iy
tasdiq ifodalanadi Masalan:
Dushmanni yengmay qo„ymaydi («albatta, yengadi»
ma‘nosida);
Hech kim bilmay qolmaydi («albatta, hamma biladi» ma‘nosida).
Na..., na yordamchisi inkor bog‗lovchisi sifatida ham, inkor yuklamasi sifatida
ham inkorning kuchli va qat‘iy ifodalanishiga xizmat qiladi,
nutqning emotsional-
ekspressivligini kuchaytiradi.
Inkor ma‘nosi ba‘zan so‗zlashuv uslubida, demakki, badiiy uslubda ham ohang
(intonatsiya) yordamida ifodalanishi mumkin. Masalan:
Bir kuni egarga o„ngarib,
opqochaman-ketaman, – dedi o„tni tizzasiga bosib. – Topib bo„ptilar keyin! (Murod
Mansur)
Do'stlaringiz bilan baham: