Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Vazifadosh yuklamalar
№ Ma‟no turi Yuklamalar 1 Kuchaytiruv-ta‘kid yuklamalari ham, -u (-yu), -da 2 Ayiruv-chegaralov yuklamalari -gina (-kina, -qina), yolgʻiz, bir 3 Oʻxshatish-qiyoslash goʻyo(ki), xuddi, naq, bamisoli, bamisli 190 yuklamalari 4 Inkor yuklamasi na … na Ma‘lum boʻlyaptiki, ham, -u (-yu), -da kabi yordamchilar ham vazifadosh bogʻlovchi, ham vazifadosh yuklama hisoblanadi. Bunday boʻlishiga sabab esa yuklamalarning vazifadoshligi koʻmakchi va bogʻlovchilarning vazifadoshligidan biroz farqlanishidir. Koʻmakchi va bogʻlovchilarda aslida boshqa turkumga mansub soʻzlar koʻmakchi va bogʻlovchi vazifasini bajarsa, ya‘ni boshqa turkum soʻzlar koʻmakchi va bogʻlovchiga oʻtsa, vazifadosh hisoblanadi. Masalan: qarab soʻzi fe‘l turkumiga mansub boʻlib, ba‘zan oʻz lugʻaviy ma‘nosini yoʻqotadi va soʻzlarni bir-biriga tobelantirib bogʻlab, koʻmakchi vazifasini bajarib keladi, ya‘ni fe‘ldan koʻmakchiga oʻtadi. Bunda u vazifadosh koʻmakchi sanaladi. Masalan: U opasiga qarab gapirdi. (oʻz ma‘nosida; fe‘l) / U maktabga qarab ketdi. (oʻz ma‘nosida emas, yoʻnalish ma‘nosida; vazifadosh koʻmakchi) Yoki bilan soʻzi aslida koʻmakchi boʻlib, ba‘zan va bogʻlovchisi bilan erkin almashganda vazifadosh bogʻlovchi sanaladi, ya‘ni bunda bilan koʻmakchidan (boshqa turkumdan) bogʻlovchiga oʻtadi. Masalan: She‟rni zavq bilan oʻqidi. (koʻmakchi) / Sodiq bilan (va) Alisher – mening doʻstlarim. (bogʻlovchi) Vazifadosh yuklamalarni aniqlayotganda esa koʻmakchi va bogʻlovchidan farqli ravishda bir emas, ikki holat inobatga olinadi: 1) Xuddi vazifadosh koʻmakchi va bogʻlovchilarda boʻlgani kabi boshqa turkumga mansub soʻzlar yuklama vazifasini bajarsa, vazifadosh yuklama hisoblanadi. Masalan: yolgʻiz soʻzi sifat boʻlib, ba‘zan faqat soʻzi bilan almashganda vazifadosh yuklama boʻlib keladi: Yolgʻiz sen darsda qatnashmading. / Faqat sen darsda qatnashmading. 2) Yuklamaning oʻzi boshqa turkum vazifasini bajarsa ham, vazifadosh yuklama hisoblanadi. Masalan: -u (-yu), -da, na … na yordamchilari aslida yuklama boʻlib, ba‘zan bogʻlovchi vazifasini ham bajarib keladi, shu sababli vazifadosh yuklama sanaladi. Demak, boshqa turkumdan yuklamaga oʻtgan soʻzlar ham, yuklamaning oʻzidan boshqa turkumga oʻtgan birliklar ham vazifadosh yuklama sanaladi. Koʻmakchi va bogʻlovchida esa faqat boshqa turkumdan koʻmakchi va bogʻlovchiga oʻtgan birliklar vazifadosh deb qaraladi. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling