Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
-misol. His-hayajon undovlari ajratib koʻrsatilgan. 1. Oh
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
2-misol. His-hayajon undovlari ajratib koʻrsatilgan.
1. Oh, qanday go‗zal bu olam! 2. Uf!.. – dedi Xatira xola. (Abbos Muhiddin) 3. Iye, butun boshli bir odam tirilib keladi-yu, ovoragarchiligi bormi? (Uyg„un) 4. Voyey, bolam boyaqish-ey. (Parda Tursun) 5. E-e, yeb bo‗pti, Ko‗kyol deydilar uni! – dedi Isoy bobo kuyib-pishib. (N. Fozilov) 6. Voybo„, – deb yubordi u. – Yerimiz muncha chiroyli! Globusning o‗zginasi-ya! (A. Bo„riboyev) 7. O, muazzam Enasoy daryosi! (Ch. Aytmatov) 8. Oh, bizning odamlar, dilkash odamlar ... (S. Zunnunova) 9. Uf, chanqadim-ey, munchayam kun isib ketdi. (Oybek) 10. Oho, gapda sizga hech kim yetolmaydi... (Oybek) 11. Oh, shu chog‗da uning qoramtir yuziga boqsangiz... (Mirtemir) 12. Voy, men yanglishtirganim yo‗q! (Abdulla Qahhor) 13. Voy, g‗alati gapni gapirasiz-a, domlasi, ona o‗z bolasiga yomonlikni ravo ko‗radimi!.. (Abdulla Qahhor) 14. O„ho„!.. Polvon qiz bo‗ladiganga o‗xshaydi-ku! (Abdulla Qahhor) BUYRUQ-XITOB UNDOVLARI Kishilar diqqatini tortish, jonivorlarni haydash, chaqirish va to‗xtatish uchun qo‗llaniladigan undovlar buyruq-xitob undovlari hisoblanadi. Masalan: ey, hoy, hey, xoʻsh, tss, drr, chip-chip, kisht. 3-misol. Buyruq-xitob undovlari ajratib koʻrsatilgan. 1. Hey, menga qara, Gulchehra, – dedi u. (O. Yoqubov) 2. Tss, – dedi Sayyora barmog‗ini labiga qo‗yib. (O„. Umarbekov) 3. Chu, jonivor! (Hamid G„ulom) 4. Hammasi o‗tkinchi, xo„sh, nima o‗tmas? (M. Toirov) 5. Ey qotil, nega shunday katta azim terakni nobud qilding? («El desa Navoiyni» kitobidan) 6. – Hoy, aylanay, o‗g‗rigina bolam, boshimda shunday musibat turganda ko‗zimga uyqu keladimi? (G„afur G„ulom) 7. Ey Luqmoni Hakim, sening Dong‗ing tutdi olamni. (Mirmuhsin) 8. Hay usta, – dedi Ma‘suma beka, – shu payt bu chiziqlaringiz kimning qulog‗iga kiradi! (Mirmuhsin) Kundalik hayotimizda ishlatilishi odat tusiga kirgan assalom-u alaykum, salom, xayr, rahmat, qani, marhamat, balli, barakalla, ofarin, tasanno, hormang, bor boʻling, xush kelibsiz kabi soʻz va birikmalar ham undov soʻzlar sanaladi. Undov soʻzlar odatda boshqa soʻzlarga bogʻlanmaydi. Ba‘zan undov soʻzlar otlashib kelishi mumkin, otlashganda egalik, kelishik va koʻplik shakllarini oladi va ot bajargan vazifalarni bajaradi. Masalan: Ohlarim yetgaymikin senga borib; Dod- voyingni yigʻishtir. 193 Undov soʻzlar yasalmaydi. Ammo undov soʻzlardan boshqa turkumga mansub soʻzlar, xususan, fe‘llar yasalishi mumkin: dodlamoq, ohlamoq, voyvoylamoq, dod solmoq, oh urmoq, oh tortmoq kabi. Bunday fe‘llar tarkibidagi undovlar alohida soʻz sifatida ajratilmaydi. Masalan: Bolakay qoʻrqib ketganidan chinqirib dod soldi gapida undov soʻz mavjud emas, dod soldi esa qoʻshma fe‘l boʻlib, uning tarkibidagi dod undovi alohida ajratilmaydi. Undov soʻzlar soʻzlashuv, badiiy va publitsistik uslubda keng qoʻllanilib, rasmiy va ilmiy uslublarda qoʻllanilish doirasi cheklangan. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling