Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-misol.
TAQLID SOʻZLAR Narsalarning tovushiga va holatiga taqlidni bildirgan so‗zlar taqlid so‗zlar hisoblanadi. Taqlid so‗zlar nimaga taqlidni bildirishiga ko‗ra ikki xil bo‗ladi: 1) tovushga taqlid so‗zlar; 2) holatga taqlid so‗zlar. Narsalarning ovoziga taqlidni bildiruvchi so‗zlar tovushga taqlid so‗zlar sanaladi. Masalan, g„a-g„a (o‗rdak ovoziga taqlid), di-dit (mashina signaliga taqlid), taq-tuq, qars-qurs, gurs-gurs. Narsalarning holatiga taqlidni bildiruvchi so‗zlar holatga taqlid so‗zlar hisoblanadi. Masalan, lip-lip (chiroq holati), jimir-jimir (suv holati), yal-yal, gʻuj- gʻuj. 1-misol. Tovushga taqlid soʻzlar ajratib koʻrsatilgan. 1. Namiqqan shuvoqlar oldin tutab yaxshi yonmasa ham, keyinroq chars- churs uchqun sochdi-da, axiyri gurullab ketdi. (O. Yoqubov) 2. Shu payt gurs-gurs oyoq tovushlari eshitilib, ovlardakabobpazlik qiladigan baqaloq bakovul ko‗rindi. (O. Yoqubov) 3. Torgina xonani xotin-xalajning qiy-chuvi tutdi. (O. Yoqubov) 4. Tongda ari gulga so‗zlar g„uv-g„uv-g„uv, Guljonim, asaling ber, sog‗indim-ku. (Quddus Muhammadiy) 5. Zum o‗tmay hovlida ship-ship ovoz eshitildi. (O. Yoqubov) 6. To‗rtta savag‗ich bilan tap-tap urib, par singari qilib titibdi. (Oydin) 2-misol. (Holatga taqlid soʻzlar ajratib koʻrsatilgan) 1. Namoz g‗azabi oshib, dag„-dag„ qaltiray boshladi. (X. To„xtaboyev) 2. Endi, ehtimol, dir-dir qaltiragan bolalar yuk ko‗tarishga yaramas edi, yaxshiyam Qo‗chqor bor ekan, kutilmaganda ajoyib bir ish qildi. (O. Yoqubov) 3. Boshidagi toj yal-yal yonarmish. (N. Aminov) 4. Shoikrom onasining barmoqlari tars-tars yorilib ketganini endi payqadi. (O„. Hoshimov) 5. Albatta, yo‗l yaxshi bo‗lib, jadalroq yurishsa, sovuq uncha bilinmas, quloq-burunlarni «jaz-jaz» chaqmas edi, lekin iz tushmagan yo‗ldan yurish mushkul. (O.Yoqubov) Ayrim taqlid soʻzlar har xil gaplar tarkibida, turli nutq sharoitida boshqa- boshqa ma‘nolarni bildirib, taqlid soʻzlarning ikki xil ma‘no guruhiga kirishi mumkin. Masalan: Tashqaridan tars-tars qadam tovushlari eshitildi. (tars-tars – tovushga taqlid soʻz) Shoikrom onasining barmoqlari tars-tars yorilib ketganini endi payqadi. (tars-tars – holatga taqlid soʻz) Qozonda nimadir ishtahani qitiqlab jaz-jaz qovurilardi. (jaz-jaz – tovushga taqlid soʻz) Albatta, yo„l yaxshi bo„lib, jadalroq 194 yurishsa, sovuq uncha bilinmas, quloq-burunlarni «jaz-jaz» chaqmas edi, lekin iz tushmagan yo„ldan yurish mushkul. (jaz-jaz – holatga taqlid soʻz) Biror taqlid soʻzning qaysi ma‘no turiga kirishini aniqlashda nutq sharoiti va gapning umumiy mazmuni muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, taqlid soʻzning tovushga yoki holatga taqlidni bildirishini aniqlash uchun «shunday vaziyatda mana shunaqa tovush chiqishi mumkinmi?» degan oddiy savolni oʻzimizga berib koʻrishimiz kerak. Agar mumkin boʻlsa, bu soʻz tovushga taqlidni; mumkin boʻlmasa, holatga taqlidni bildiradi. Masalan: Tashqarida qor gup-gup yogʻar edi. Qor yogʻayotganda gup-gup ovoz chiqishi mumkinmi? Yoʻq. Demak, bu gapdagi gup-gup soʻzi holatga taqlid soʻz sanaladi. Ariqlarda shisha kabi tiniq suvlar shildir- shildir oqar edi. Suv oqayotganda shildir-shildir ovoz chiqishi mumkinmi? Ha. Demak, bu gapdagi shildir-shildir soʻzi tovushga taqlid soʻz sanaladi. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling