MODAL SOʻZLAR
Ifodalanayotgan fikrga so‗zlovchining munosabatini (ishonch, gumon, achinish
kabi) bildirgan so‗zlarga modal so‗zlar deyiladi.
Modal so‗zlar gap tarkibida boshqa so‗zlardan vergul bilan ajratiladi. Gap
boshida kelsa, undan keyin; gap oʻrtasida kelsa, ikki tomonidan; gap oxirida kelsa,
undan oldin vergul qoʻyiladi.
1-misol. Modal soʻzlar ajratib koʻrsatilgan.
1. Darhaqiqat, siz to‗g‗ri ish qildingiz. (Omon Muxtor) 2. Afsuski, rejadagi
ishlar ko‗ngildagidek bajarilmadi. 3. Kanizak, aftidan, shuni aytmoqchi emas edi,
shekilli, noiloj «ha» dedi. (Abdulla Qahhor) 4. Xayriyat, daraning oxiriga
yaqinlashgan sayin asov soy sayozlashib, muz tobora yupqalashib bordi-yu, nihoyat,
qoyatoshlar chekinib, yaylov ko‗rindi. (O. Yoqubov) 5. Xullas, Umidjon deyarli har
kuni bitta yangi, ibratli ertak o‗ylab topib, buvisiga so‗zlab beradigan bo‗libdi. (N.
Aminov) 6. Ehtimol, ertalab o‗ziga isitib berish uchun shunaqa deyayotgandir. (O„.
Hoshimov)
MODAL SO„ZLARNING MA‟NO TURLARI
Modal so‗zlar ishonch, gumon, quvonch, afsuslanish, fikrning tartibi, xulosasi
kabi ma‘nolarni bildiradi.
Modal so„zlarning ma‟no turlari
№
Ma‟no turi
Modal soʻzlar
Misollar
1
Ishonch
albatta (sof), shaksiz,
shubhasiz, soʻzsiz
(vazifadosh)
Albatta, biz ulugʻ maqsadlarimizga
erishamiz.
2
Gumon
shekilli (s), balki,
ehtimol, chamasi,
aftidan, taxminan (v)
Bugun yomgʻir yogʻadi, shekilli.
3
Tasdiq
darhaqiqat, haqiqatan (s), Darhaqiqat,
ilmli
yoshlarimiz
196
toʻgʻri, tabiiy (v)
koʻpaymoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |