Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
Fikrni xulosalash xullas, demak (s), umuman (v) Xullas
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
4
Fikrni xulosalash xullas, demak (s), umuman (v) Xullas, biz ulug‗ odamlarning farzandlarimiz. 5 Fikrning tartibi avvalo, avvalambor, qolaversa (s) Avvalo, insonning qalbi go‗zal bo‗lmog‗i kerak. 6 Fikrning dalillanishi masalan, jumladan (s) Xalqimiz tarixda buyuk jasoratlar koʻrsatgan. Jumladan, Ikkinchi jahon urushini olaylik. 7 Achinish attang, afsuski (s), afsus (v) Afsuski, besh qo‗l barobar emas. Oramizda yomon niyatli kimsalar ham uchrab qoladi. 8 Quvonch xayriyat, nihoyat (s) Xayriyat, odamlarimizga insof va diyonat qaytib kelmoqda. SOF VA VAZIFADOSH MODAL SO„ZLAR Modal so‗zlar ham sof modal so‗zlar va vazifadosh modal so‗zlarga bo‗linadi. Faqat modal ma‘no uchun xoslangan so‗zlar sof modal so„zlar sanaladi: haqiqatan, darhaqiqat, afsuski, attang, albatta, shekilli, avvalo, avvalambor, xullas, koshki, masalan kabi. Modal ma‘noda ham qo‗llanadigan aslida mustaqil soʻzlar turkumiga kiruvchi aftidan, chamasi, umuman, ehtimol, taxminan, shubhasiz singari so‗zlar vazifadosh modal so‗zlar hisoblanadi. Vazifadosh modal soʻz boʻlib keluvchi soʻzlarning qanday vazifa bajarayotganligini farqlash lozim. Bunday soʻzlar vazifadosh modal soʻz boʻlganda asosan uchta xususiyatga ega boʻladi: 1) Mustaqil soʻzlar vazifadosh modal soʻz boʻlib kelganda oʻz lugʻaviy ma‘nosini qisman yoki butunlay yoʻqotib, koʻchma ma‘noda qoʻllanadi. Masalan, Uning «ko„cha bolasi» ekanini aftidan bilib olish qiyin emas edi gapida aftidan soʻzi oʻz ma‘nosida, ya‘ni «yuz» ma‘nosida qoʻllanilgan, shuning uchun u mustaqil soʻz (ot)dir. Aftidan, G„ulomjon bu g„alvalarni ataylab boshlagan gapida esa aftidan soʻzi oʻz ma‘nosida emas, «gumon», «taxmin» ma‘nosida qoʻllangan, shuning uchun endi bu soʻz vazifadosh modal soʻz sanaladi. 2) Mustaqil soʻzlar vazifadosh modal soʻz boʻlib kelganda oʻziga ma‘nodosh boshqa modal soʻzlar bilan erkin almashadi. Masalan: Aftidan, G„ulomjon bu g„alvalarni ataylab boshlagan gapidagi aftidan soʻzi modal soʻz boʻlib kelganligi uchun uni «gumon», «taxmin» ma‘nosini bildiruvchi boshqa modal soʻz bilan almashtirish mumkin: Chamasi, G„ulomjon bu g„alvalarni ataylab boshlagan. Balki, G„ulomjon bu g„alvalarni ataylab boshlagan. Agar bu soʻz mustaqil soʻz boʻlsa, uni ma‘nodosh modal soʻzlar bilan almashtirib boʻlmaydi. Masalan: Uning «ko„cha bolasi» ekanini aftidan bilib olish qiyin emas edi gapidagi aftidan soʻzining oʻrniga chamasi, balki kabi modal soʻzlarni qoʻyib boʻlmaydi. 3) Modal soʻzlardan keyin, ikki tomonidan va oldidan vergul qoʻyiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling