Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   310
 
UNDOV SOʻZLAR 
His-hayajon, buyruq-xitob, haydash-chaqirishni ifodalovchi so‗zlar undov 
so„zlar sanaladi. Masalan: voy, eh, dod, oh, ey, hoy, hey, xoʻsh. 
Undovlar ma‘nosiga ko‗ra ikki guruhga bo‗linadi: 1) his-hayajon undovlari; 2) 
buyruq-xitob undovlari. 
Yozuvda undov so‗zlardan keyin vergul qo‗yiladi. Masalan: – Xo„sh, ishlar 
yaxshimi, Hotamjon?
Undalmalardan oldin kelganda esa undan keyin vergul qo‗yilmaydi. Masalan: 
Ey muhtaram shoir, izladim, keldim. 
1-misol. Undov soʻzlar ajratib koʻrsatilgan. 
1. O„h-ho„, muncha muzdek? (O„. Umarbekov) 2. Iya, bularni nima qilasan? 
(Said Ahmad) 3. Qo‗y, yig‗lama, ey baxshi. (M. Toirov) 4. – Shoshma, Qorako‗z, 
shoshma... Drr! Ana bo‗ldi, ketdik. – Chu, birodar. (O„. Hoshimov) 5. – Hay
shoshma, – dedi Zebi. (Cho„lpon) 6. Hoy, nima balo bo‗ldi? – deb alangladi Inoyat 
oqsoqol. (Said Ahmad) 7. Voy, nimalarni o‗ylayapman men? (Asqad Muxtor) 8. Oho
jiyaningiz vazir bo‗pti-ya! – deya xursandchiligimni izhor qildim. (Sh. Bo„tayev) 9. 
O! Ho‗kiz yo‗q, og‗il ko‗cha tomondan teshilgan. (Abdulla Qahhor) 10. O„h! – deb 
yubordi bir yigitcha. (Said Ahmad) 
 
 
 


192 
HIS-HAYAJON UNDOVLARI 
His-hayajon undovlari kishilarning quvonchi, erkalash-erkalanish, rohatlanish
hayron qolish, norozilik, g‗azab-nafrat, og‗riq singari hissiyotlarini ifodalaydi. 
Masalan: oh, oʻh, iya, voy, uf, eh, oʻh-hoʻ, eh-he, dod. 
His-hayajon undovlarining o‗zi undov gap bo‗lib kelishi yoki gap tarkibida 
kelib, uni undov gapga aylantirishi mumkin. Bunday gaplar oxiriga doimo undov 
belgisi qo‗yiladi. Masalan: Dod! Zolim falak dastidan! Voy, muncha chiroyli! 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling